java

Javada Collection (To’plam)

Javada to’plamlar(collection’lar) framework bo’lib, u o’zida obyektlarni saqlaydi.

To’plamlarda barcha jarayonlar (saralash, qidirish, yozish, o’chirish  va h.k lar)ni oson amalga oshirish  mumkin.

To’plamlar bir necha interface’lardan tashkil topgan. Ular (Set, List, Queue, Deque etc.) va klass’lar (ArrayList, Vector, LinkedList, PriorityQueue, HashSet, LinkedHashSet, TreeSet va h.k).

To’plamlar obyektning alohida ko’rinishi.

To’plamlar frameworklar tuzilishi noma’lum bo’lgan obyekt guruhlarini o’zida yig’adi. To’plamlar ma’lumot yig’ishi bilan massivlarga o’xshab ketadi. Farqi massiv o’lchami statik To’plamlarniki esa dinamik, massiv bilan top’lamlarni qurilishi bir biridan tubdan faq qiladi va h.k.

To’plamlarning tuzilish sxemasi:

collectionhierarchy

To’lamlar java.util paketida saqlanadi.

List

List dublikat(takrorlangan, aynan bir obyektni ikki marta qabul qilishi) elementlarni o’z ichiga olishi mumkin. Elementlar joylashtirilgan yoki ro’yxatda o’z holatiga ruxsat etilishi mumkin.

Listdan implement qiladigan klasslar

  • ArrayList
  • LinkedList
  • Vektor

Set

Set ham To’plam, u o’zida dublikat elementlarni saqlamaydi. Set’dan asosiy 3 ta klass implement oladi ular: HashSet, TreeSet, va LinkedHashSet, HashSet elementlarni hashlab hash jadvaliga yig’adi. Treeset elementlarni daraxtsimon va saralangan holda saqlaydi saqlaydi.

Setdan implement qiladigan klasslar

  • HashSet
  • LinkedHashSet
  • TreeSet

Map

Map key (kalit qiymati) ham value(kalitga mos qiymat)i ham obyekt bo’lgan collection’dir. U o’zida dublikat(takrorlangan) bo’lgan key’larni saqlamaydi. Map’dan 3 ta class implement oladi HashMap, TreeMap, va LinkedHashMap. HashMap : elementlarni hashlab yozadi, TreeMap : elementlarni qiymati(value) asosida saralab yozadi.

Mapdan implement oladigan klasslar

  • HashMap
  • TreeMap
  • LinkedHashMap

Iterator/ListIterator

Iterator va ListIteratorlardan to’plamlarning elementlarini qaytarishda foydalaniladi

To’lamlarninig ba’zi funksiyalari  

N

Funksiya nomlari

Ta’rifi

1

public boolean add(Object element)

To’plamga ma’lumot yizishda foydalanilari

2

public boolean addAll(Collection c)

Belgilangan to’plarlarni yozishda ishlailadi

3

public boolean remove(Object element)

To’plamni elementini o’chirishda ishlatiladi

4

public boolean removeAll(Collection c)

Belegilangan to’plarlarni o’chirishda ishlatiladi

5

public boolean retainAll(Collection c)

 

6

public int size()

To’plam elementlar sonini qaytaradi

7

public void clear()

To’plamni elementlarini o’chiradi

8

public boolean contains(Object element)

Element qidirishda ishlatiladi

9

public boolean containsAll(Collection c)

Belgilangan to’plamlarni qidirishda ishlatiladi

10

public Iterator iterator()

Iterator qaytaradi

11

public Object[toArray()

To’plamni massivga o’giradi

12

public boolean isEmpty()

To’plamni bo’sh yokiy bo’sh emasligiga tekshiradi

13

public boolean equals(Object element)

Ikkita to’plamni bir biri bilan solishtiradi

14

public int hashCode()

To’plamni hash code dagi raqamini qaytaradi

G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(200 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: