cordova_bot

Cordova framework – mobil qurilmalarga HTML, CSS, JavaScriptdan foydalangan holda ilova yaratish.

Apache Cordova – mobil qurilmalar uchun ochiq kodli ilova tuzadigan dasturiy vosita(framework). U sizga HTML5, CSS3 va JavaScript kabi standart web texnologiyalaridan foydalanib ko’p platformalarga(iOS, Android, Windows Phone, Blackberry…) tushuvchi ilova tuzishga va har bir platforma uchun alohida platformaning o’zini(bundan keyin native) tilida dasturlashdan chetlashishga imkon beradi. Ilovalar har bir platforma uchun mo’ljallangan joyda(papkada) bajariladi va oddiygina standart API bilan har bir qurilmaning sensoriga, kamerasiga, ma’lumotlariga va tarmoq holatiga(o’chiq/yoniq yoki yaroqli/yaroqsiz…) bog’lanishga huquq olishga tayanadi.

Cordova 2012 yil oktabr oyida Apache Software Foundation(ASF) ning yuqori darajali loyihasi sifatida tugatildi. ASF orqali, Cordovaning kelajakdagi rivojlanishi loyihaning ochiq boshqariluvchanligiga kafolat beradi. U har doim Apache litzensiyasi ostida tekin va ochiq kodli dasturiy vosita sifatida qoladi. To’liqroq ma’lumot uchun cordova.apache.org ga tashrif buyuring.

Apache Cordovadan  foydalaning, agar siz:

  • mobil dasturchisi bo’lsangiz va ilovangizni 1 tadan ko’p platformada ishlashini, har bir platforma uchun alohida dasturlash jarayonisiz ilova tuzishni xohlasangiz.
  • Web dasturchi bo’lsangiz va web ilovangizni turli ilova market portallarida(app store portals) qo’ymoqchi bo’lsangiz
  • WebView(maxsus brauzer oyna) va qurilmani birgalikdagi dasturiy vosita tuzmoqchi bo’lsangiz

Asosiy Komponentlar

Apache Cordova ilovalari config.xml filega ilova haqidagi ma’lumotlar va maxsus parametrlarni ishlashiga ta’sirini ta’minlaydi, masalan turgan joyini o’zgarishiga javob berish-bermasligi.

Ilovani o’zi web sahifa sifatida bajaradi va bu odatda index.html fayli bo’ladi. Shu fayldan CSS, JavaScript, rasmlar, media(document, video, audio…) fayllari va boshqa resurslar yuklanadi.  Ilova WebView sifatida Native ilova o’ramini ichida bajariladi. Qisqacha qilib aytganda, index.html(ichida ixtiyoriy bog’lanishlar va funksiyalar qilishingiz mumkin) ni ilova qilib ochib beradi.

Ishga yaroqli Cordova WebView ilova bilan butun foydalanuvchi interfeysini ta’minlashi mumkin.

Plagin interfeysi Cordova va Native komponentlarni bir-biri bilan bog’lashga foydali hisoblanadi. Ya’ni bu sizga native kodlarni(android, ios, c# … kodlari) JavaScriptdan chaqirishga imkon beradi.  JavaScript API si native kodlariga ko’p qurilmali platformalarda a’lo darajada mos keladi.  Version 3.0 da, plaginlar(qo’shimcha kichik vazifalarni bajaruvchi dasturiy vositalar) standart qurilmalar API lariga bog’lashlarni ta’minlaydi. Third-party plaginlari qo’shimcha imkoniyatlarga hamma platforma uchun ishlashi shart bo’lmagan bo’glanishlarni ta’minlaydi.Misol uchun ios da StatusBar ni boshqarish uchun bitta plagin ishlaydi, ammo boshqa platformalarda bu plagin yo’q, yoki u boshqa alohida plagin. Third-party plugin lari dan barcha plaginlarni topishingiz mumkin. Undan tashqari siz o’zingizni plaginingizni tuzishingiz mumkin(Plugin Development Guide – “Plagin Tuzish Qo’llanmasi” linkidan foydalangan holda).  Plaginlar kerak bo’lishi mumkin, misol uchun: Cordova bilan qaysidir native komponentni bog’lash uchun.

ESLATMA: 3.0 versiyada, Cordova loyihasini hosil qilganizda, u yerda hech qanaqa plagin bo’lmaydi. Agar birorta plagin kerak bo’lsa, hattoki u asos plagin bo’lsa ham, o’zingiz qo’shishingiz shart.

Cordova hech qanaqa UI widgetlarini yoki MV freymworklarini ta’minlab bermaydi. Cordova faqat yuklangan vaqtdagi bajarila oladiganlarni ta’minlaydi. Agar UI widget yoki MV framework kerak bulsa, o’shani tanlab o’zingizning ilovangizni ichiga third-party resurs sifatida qo’shishingiz kerak.

(Keyingisi O’rnatish bo’ladi)

(793 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: