cordova_bot

Apache Cordova – o’rnatish

Dastur tuzish yo’llari

Cordova 3.0 versiyasida, mobil ilova tuzishda 2 asosiy uslubdan foydalaniladi. Ikkala uslubning ham qulay tomonlari bor.

Ko’p platformali muhit: Ushbu uslub agar ilovangiz ko’pgina turli mobil operatsion tizimlarida ishlashini xohlasangiz qo’llaniladi. Hamma platforma uchun o’zini tilida (Masalan: Android tizimiga – java dasturlash tili, iOS (tizimi)ga – Objectiv-C da) qisqa dasturlash amalga oshiriladi. Bu ishchi muhit cordova dasturiy vositalarini yoki Cordova CLI (Command-Line Interface – qatorli komanda interfeysi, bundan keyin CLI – avval Cordova 3.0 deb tanishtirgan edik) markazida bo’ladi. CLI –  1 martada ko’p platformalarga loyiha qurish uchun juda yaxshi vosita. CLI web resurslarni har bir platformaning papkalarini ichiga ko’chirib beradi, har bir platforma uchun bir qancha zaruriy sozlashlarni o’zgartiradi. Shuningdek, CLI sizning ilovangizga, umumiy interfeysni plaginlarga murojaatini ta’minlaydi. Ushbu muhit, agar sizga markazlashgan platforma muhiti zaruriyati bo’lmasa,  tavsiya qilinadi.

Markazlashgan platforma muhit: Agar bitta platforma uchun ilova tuzishni xohlasangiz va uni quyi darajada o’zgartira olish imkoniyati kerak bo’lsa, bu muhit siz uchun. Misol uchun: agar ilovangizni custom(buyurtma bo’yicha qilingan,  moslashtirilgan) native komponentalarini webga asoslangan Cordova komponentlari bilan aralashtirmoqchi, birlashtirmoqchi bo’lsangiz(Embedding WebViews da komponent tuzish har bir platforma uchun muhokama qilingan), siz ushbu uslubdan foydalanishingiz kerak. Bosh barmoq qoidasi sifatida, loyihani SDK(Software Development Kit – dastur tuzish uskunalari, bundan keyin SDK)ni ichida o’zgartirish kerak bo’lsa, shu muhitdan foydalaning. Bu muhit har bir ta’minlay oluvchi platforma uchun moslashtirilgan quyi darajadagi kodlar(shell scripts) to’plamiga va plaginlarga murojaat qilinishiga imkoniyat yaratib beruvchi maxsus Plugman dasturiy vositasi(utility)ga tayanadi. Ushbu muhitda, ko’p muhitli platforma uchun ilova tuzish jarayonida anchagina qiyinchilikka uchraysiz. Chunki yuqori darajali vosita(tool)ning kamchiligi har bir platforma uchun alohida o’rnatish jarayonini va plagin o’zgartirishlarni anglatadi. Haligacha, bu muhit har bir SDK tomonidan ta’minlangan dasturlash tanlovlariga kattagina huquq olishga imkon beradi. Va bu Hybrid(aralashma – ya’ni JS+HTML+CSS+native tillarning aralshmasi) ilovalarning murakkabligi uchun muhim hisoblanadi. Har bir platforma uchun yaroqli bo’lgan dasturiy vositalarni(shell utilities) ko’rish uchun Platform Guides ga kiring.

Agar birinchi marta boshlayotgan bo’lsangiz, ilova tuzishda 1-muhit(ya’ni Ko’p platformali muhit)dan foydalanish eng osoni bo’lishi mumkin. Command-line Interface da to’liq yozilgan. Ammo, SDKni yuqori darajada boshqarmoqchi bo’lsangiz, 2-muhit(Markazlashgan platforma muhit)ni tanlashingiz mumkin. Quyi darajadagi dasturiy vositalar(Lower-level shell utilities)i cordova.apache.org da alohida qismi yaroqli CLI ga nisbatan. Loyihalar uchun CLI tomonidan boshlang’ich generatsiya qilingan uskunalar(shell tools)i ham loyihaning har xil papkalarida(platforms/*/cordova) yaroqli.

ESLATMA: Bittasiga markazlashgan platformaning maxsus SDK lari va vositalari(shell tools)ga CLIga asoslangan muhitdan bir marta o’rnatishingiz mumkin, qayta olmaysiz. CLI ko’p platformali ilovaning umumiy dasturiy kod(source code)ini saqlab turadi. Ba’zi o’zgartirishlarni oldini olishga siz maxsus-platformani asosiy vositasini(assets) tuzasiz, markazlashgan-platforma ko’p platformali dasturiy kodini inkor qilgan dasturiy vositalari(shell tools)ni yoqishingiz kerak, aniqrog’i platformaning maxsus dasturiy kodiga tayanadi.

Cordovani o’rnatish
Cordovaning o’rnashi yuqoridagi muhitlardan sizni tanlovingizga bog’liq holda farq qiladi.

Ko’p platformali muhit:: The Command-Line Interface ga kiring.

Markazlashgan platforma muhit: the Platform Guides ga kiring.

Cordovani o’rnatgandan keyin, Siz dasturlamoqchi bo’lgan mobil platformalar uchun Platform Guides(Platforma yo’riqnomalari) ni qayta ko’rib chiqish tavsiya qilinadi. Undan tashqari, Privacy Guide(Maxfiylik yo’riqnomasi), Security Guide(Xavfsizlik yo’riqnomasi), and Next Steps(Keyingi qadamlar) ni ham ko’rib chiqish tavsiya qilinadi. Cordovani sozlash uchun esa, “The config.xml File” ni ko’ring. JavaScript dan qurilmadagi native metodga murojaat qilish(yoki huquq olish) uchun, The Plugin APIs ga kiring. Va boshqa zaruriy yo’riqnomalarga murojaat qiling.

Eslatib o’tamiz, ushbu maqolalar apache.cordova.org saytidan “Documentation” bo’limidan to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinyapti

The Command-Line Interface yo’riqnomasi

Bu yerda siz “cordova”(terminaldagi interfeys) qatorli buyruq interfeysi(CLI-command-line interface)dan foydalangan holda ilovalarni tuzishni va har xil mobil platformalarga qurish bilan tanishib chiqasiz. Bu voista(bundan keyin tool) sizga yangi ilova hosil qilishga, uni turli platformalarga qurishga, haqiqiy qurilmalarga yoki emulyatorni ichida yuklashga imkon beradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, ko’p platformali muhit uchun CLI asosiy tool hisoblanadi. Boshqa holda, CLI dan loyiha kodlarini boshlab olishda foydalanishingiz mumkin, keyin esa turli platformalar SDK larini va tool larni(shell tools) dasturlashni davom ettirish uchun yoqasiz.

Ba’zi qatorli buyruq tool larini yuklashdan oldin, siz har bir platforma uchun SDK larni o’rnatishingiz kerak.(batafsil ma’lumot uchun “the Platform Guides” ga kiring.)

Biror platforma uchun ta’minlashni qo’shish yoki loyihani qayta qurishga, qatorli buyruq interfeysini platformani SDK sini ta’minlaydigan bir xil mexanizmdan yuklashingiz kerak. CLI quyidagi kombinatsiyalarni ta’minlab beradi:

iOS (Mac)
Amazon Fire OS (Mac, Linux, Windows)
Android (Mac, Linux, Windows)
BlackBerry 10 (Mac, Linux, Windows)
Windows Phone 8 (Windows)
Windows (Windows)
Firefox OS (Mac, Linux, Windows)

Cordova CLI ni o’rnatish

Cordova qatorli buyruq tooli foydalanishga tayyor shakl(ready-to-use format)da npm paketi sifatida taqsimlangan. U manba(source)dan komplyatsiya qilishda muhim emas.

cordova qatorli buyruq tool ini o’rnatishda quyidagi qadamlardan boramiz:
1.Node.js ni yuklang va o’rnating. Ushbu o’rnatishda, terminal(maxsus buyruqlar yoziladigan oyna. qora oyna nomi bilan mashxur)da node va npm deb chaqirishingiz kerak bo’ladi. Agar talab qilinsa, siz nvm yoki nave kabi tool lardan Node.js o’rnashini boshqarish uchun ixtiyor tarzda foydalanishingiz mumkin.
2. git client ni yuklab oling va o’rnating( agar sizda bo’lmasa). Ushbu o’rnatishda, terminalda git ni chaqirishingiz kerak bo’ladi. Garchi git ni qo’lda foydalanish bo’lmasangiz ham, CLI orqa sahnada yuklab olishda foydalanadi ba’zi asosiy voista(assets)larni, qachonki yangi loyiha yaratishda
3. cordova modulini Node.js ning npm vositasi(utility)da o’rnating. cordova moduli npm vositasi(utility) tomonidan avtomat tarzda yuklab olinadi.

  • OS X va Linux tizimlarida:
    $ sudo npm install -g cordova
    
  • Windowsda:
    C:\>npm install -g cordova
    

Yuqoridagi -g belgisi cordovani global tarzda o’rnashini anglatadi. U qo’yilmasa joriy ish joyiga node_modules papkasini ichida qilib urnatib beradi.

Windowsda npm ni o’rnagan joyini C:\Users\username\AppData\Roaming\npm dan topishingiz mumkin. OS X va Linuxda esa, /usr/local/share/npm dan topishingiz mumkin.

O’rnatishda ba’zi platforma SDK lari o’chirilganligi uchun muommolar chiqishi mumkin.

cordova buyrug’ini terminalda yozing va unda sizga cordova haqida qisqacha ma’lumot beradi. Quyidagicha:

$ cordova
Synopsis

cordova command [options]

Global Commands

create ............................. Create a project
help ............................... Get help for a command

Project Commands

info ............................... Generate project information
requirements ....................... Checks and print out all the requirements
for platforms specified

platform ........................... Manage project platforms
plugin ............................. Manage project plugins

prepare ............................ Copy files into platform(s) for building
compile ............................ Build platform(s)

run ................................ Run project
(including prepare && compile)
serve .............................. Run project with a local webserver
(including prepare)

aliases:
build ->; cordova prepare && cordova compile
emulate ->; cordova run --emulator

Command-line Flags/Options

-v, --version ...................... prints out this utility\'s version
-d, --verbose ...................... debug mode produces verbose log output for all activity,
including output of sub-commands cordova invokes

Ilova tuzish

Terminalda, qayerga loyihani kodlarini hosil qilmoqchi bo’lsangiz o’sha joygacha kirib boring (masalan: cd asosiy/loyihalar/yanvar/…), va quyidagi buyruqni kiriting:

$ cordova create hello com.example.hello HelloWorld

Buyruq bajarilib tugash jarayoni bir qancha vaqtni olishi mumkin, sabrli bo’lib turasiz. Yuqoridagi buyruqni ichiga -d(masalan: cordova -d create …) ni qo’shib yuborsangiz bajarilish jarayoni haqida ma’lumotlarini ko’rib turishingiz mumkin.

Birinchi hello so’zi loyihangizda maxsus kategoriya qilib hosil qilinadi. Bu kategoriya(papka) oldin bo’lishi shart emas, Cordova ni o’zi hosil qilib beradi. Uning ichida www papkasida bosh sahifani va boshqa resurslarni saqlab turiladi. Bu asosiy vositalar(assets) qurilmaning local fayl tizimida saqlanadi. config.xml fayli hosil qilinishi muhim bo’lgan meta ma’lumotlari(metadata) va ilovani taqsimlanishini o’z ichiga oladi.

Ikkinchi argument bo’lgan com.example.hello loyihangizni domen stiliga teskari ko’rinishda bo’lishini ta’minlaydi. Bu argumentni qo’yish ixtiyoriy, lekin faqat, agar uchinchi argumentni qo’ymasangiz, shundan keyin argumentlar joylashuviga bog’liq bo’lib qoladi. Keyinroq config.xml fayldan o’zgartira olasiz, ammo config.xml fayldan boshqa joylarda ishlatilgan bo’lishi mumkin(java paket nomi sifatida ishlatilgan bo’lishi mumkin). Agar 2-argument qo’yilmasa, io.cordova.hellocordova sifatida bo’ladi, lekin qo’yishingiz tavsiya qilinadi.

Uchinchi argument(HelloWorld) esa ilovaning nomini bo’lishini ta’minlaydi. Keyinroq config.xml fayldan o’zgartira olasiz, ammo config.xml fayldan boshqa joylarda ishlatilgan bo’lishi mumkin(java sinf(class) nomi sifatida ishlatilgan bo’lishi mumkin). Agar 3-argument qo’yilmasa, HelloCordova sifatida bo’ladi, lekin qo’yishingiz tavsiya qilinadi.

Platformalar qo’shish

All subsequent commands need to be run within the project’s directory, or any subdirectories within its scope:

Hamma  bundan keyingi buyruqlarga loyihaning papkasi ichida ishlatishingiz kerak bo’ladi, yoki uning faoliyat doirasidagi ba’zi bir ichki papkalarda.

    $ cd hello

Before you can build the project, you need to specify a set of target platforms. Your ability to run these commands depends on whether your machine supports each SDK, and whether you have already installed each SDK. Run any of these from a Mac:

Loyihani ishga tushirishdan oldin, maxsus platformalar kerak bo’ladi. Sizning quyidagi buyruqlarni ishga tushirish imkoniyatingiz mexanizimingizni(machine) har bir SDK larni ta’minlashiga bo’gliq, yoki allaqachon o’rnatilgan bo’lishi. Mac da bir qanchasini ishlata olasiz:

    $ cordova platform add ios
    $ cordova platform add amazon-fireos
    $ cordova platform add android
    $ cordova platform add blackberry10
    $ cordova platform add firefoxos

Run any of these from a Windows machine, where wp refers to different versions of the Windows Phone operating system:

Turli Windows Phone operatsion tizimiga murojat qila oladigan Windows mexanizmida bir qanchasini ishlata olasiz:

    $ cordova platform add wp8
    $ cordova platform add windows
    $ cordova platform add amazon-fireos
    $ cordova platform add android
    $ cordova platform add blackberry10
    $ cordova platform add firefoxos

O’rnatilgan platformalarni tekshirish uchun quyidagi buyruqni ishga tushiring:

$ cordova platforms ls

Platformani o’chirish uchun quyidagi ko’rinishdagi (remove yoki rm – bir xil) buyruqni ishga tushirasiz
$ cordova platform remove blackberry10
$ cordova platform rm amazon
-fireos
$ cordova platform rm android

 

manba: cordova.apache.org dan

(451 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: