research_technology_research-informatics

Informatika nima?

Informatika hisob-kitob qilishni o’rganishdir: ya’ni, ma’lumotni qanday taqdim qilish va qayta ishlash demakdir. Quyida uning ba’zi konsepsiyalarini o’rganib chiqishingiz mumkin:

 

  1. Muammoni hal qilish: siz umumiy taktika, bo’lib tashla va hukmronlik qil, rekursiya, evristika, ochko’z qidiruv va tasodifiy algoritmlar kabi sizga har qanday muammoni modellashtirish, qismlarga ajratish va hal qilishga yordam beradigan algoritmlarni o’rganasiz.

     

  1. Mantiq: siz o’ylashning aniq va formal uslublaridan foydalanishni boshlaysiz, jumladan abstraksiya, mantiqiy ifoda, sonlar nazariyasi, ko’plik nazariyasi, natijada muammolarni puxta yecha olasiz.

     

  1. Ma’lumotlar: siz axborot nazariyasiga duch kelasiz va axborot nima? kabi savollar berishni boshlaysiz. Uni qanday taqdim qilasiz? Real hayotni qanday modellashtirasiz?

     

  1. Tizimlar: bir qator talablar va cheklovlarga javob beradigan murakkab tizimlarni qanday loyihalashtirasiz va qurasiz? Tizimli loyihalashtirish deyarli har bir ishda muhim hisoblanadi.

     

  1. O’ylash: inson aqlini tushunishning eng yaxshi yo’llaridan biri uni takrorlashga harakat qilish. Sun’iy intelekt, texnik ta’lim, texnik nuqta’i nazardan yodashuv va tabiiy nutqni tahlil qilish nafaqat informatikada, balki biologiya, psixologiya, falsafa va matematikada ham asosiy o’rinda turadi.

     

Diqqat qiling, yuqoridagi ro’yhatda kod yozish va dasturlash haqida so’z yuritilmadi, chunki ular hisoblashni amalga oshirish mumkin bo’lgan asboblar (qurollar) holos: ularning o’zlari informatika emas. Astronomiya teleskoplar, biologiya mikroskoplar yoki kimyo stakan va probirka haqidagi fan bo’lmaganidek, informatika ham kompyuter haqidagi fan emas. Fan – bu instrumentlar haqidagi ilm emas.

Maykl Fellov (Michael Fellow) va Ian Parberry.

 

Ma’lum bo’lishicha, biz hisob-kitobda yanada ko’proq suyanadigan boshqa bir instrument bor: u aql-idrok! Informatikaning maqsadi miyyangizni yangicha, umumiy maqsadli va keng qo’llaniladigan yo’llar bilan o’ylashga o’rgatishdir. Texnologiyaning yanada keng tarqalishi bilan firklashning bu yangicha uslubi fizika, matematika va tarix kabi muhim bo’lib boradi.

 

Umuman shunday bo’lsada, o’ylashning o’zi yetarli emas, uni qanday amalga oshirishni bilish kerak. Fizikada siz vaznlar, prizmalar va magnitlar bilan tajribalar o’tkazasiz; biologiyada probirka, o’simliklardan foydalanasiz; kompyuter sohasida dasturlashni o’rganasiz.

(1,543 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: