dev_infor

Hulosa(Informatika va Dasturlash). Hammasini bir joyga jamlaymiz

Keling, yana bir bor ko’rib chiqamiz:

  1. Informatika fikr yuritishning yangicha yo’li. Undagi tushunchalar texnologiya to’lib-toshgan hozirgi kunda hamma uchun foydali.

  2. Dasturlashfikr yuritishning yangicha yo’lini tadbiq qilish orqali informatikani o’rganishning zaruriy qismi. Shunga qaramasdan, dasturlash o’z holicha hamma uchun birdek mo’ljallangan narsa emas.

 

Bu ikki tushunchani chalkashtirib yuborish dasturlashni o’rganishda muammolar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Slate.com saytida “Balki har kim kod yozishni o’rganishi shart emasdir” deb nomlangan maqola chop qilindi. TheAtlantic.com sayti “Jurnalistika bilim yurtlari muhbirlardan “kod yozishni o’rganish”ni talab qilishi kerakmi? Yo’q” sarlavhasi ostida maqola yozdi. Jeff Atvud (Jeff Atwood) esa “Iltimos, kod yozishni o’rganmang” deb nomlangan maqolasida bu chalkashlikni yaqqol aks ettirgan quyidagi savolni o’rtaga tashladi:

“Agar Maykl Blumberg to’satdan mohir Java dasturchisi bo’lib qolsa, AQSH ning yirik shahrini boshqarishdagi kunlik ishlarida u qanday o’zgarish qilgan bo’lardi?” (Michael Bloomberg Nyu York shahrining meri vazifasida xizmat qilgan).

 

Albatta bu noto’g’ri savol. Bu kod yozishni o’rganishni fikrlashni o’rganishga qarshi o’laroq, asosiy maqsad sifatida taklif qilgan jamoatchilikdagi noto’g’ri targ’ibotining natijasidir. Xatto Jeff Atvuddek ko’zga ko’ringan tajribali dasturchi bu farqni anglashda yanglishgan bo’lsa, oddiy odamda buni to’g’ri qabul qilish imkoniyatining bo’lishi amri mahol. Biz so’rashimiz lozim bo’lgan savol aslida bunday bo’lishi kerak:

“Agar Blumberg yoki har qanday kishi muammolarni hal qilishning yangicha uslublarini o’rganish va mantiqni yaxshiroq anglash yo’llarini o’zlashtirish orqali fikr yuritish qobiliyatlarini rivojlantirsa, ular o’z ishlarida mohirroq bo’la olarmidi?”

 

O’ylashimcha javob aniq. Dunyoda texnologiya ko’lamining kundan kunga ortib borish bilan, menimcha, javob yanada oydinlashib boraveradi. Shuning uchun biz faqatgina kod yozish bilan cheklanmay, asosiy e’tiborni informatikani o’rgatishga qaratishimiz kerak.

 

Nimadan boshlash kerak?

Yaxshi yangilik shuki, siz Code.org saytining: “Siz informatikani o’rganishni hoziroq boshlashingiz mumkin!” degan xabarini kutib o’tirishingizga hojat yo’q. Aslida, bu o’rganish uchun eng oson bo’lgan mavzulardan biri. Sizga faqatgina internetga ulangan bir kompyuter kerak holos. Agar siz bu maqolani o’qiyotgan bo’lsangiz, ko’rinib turibdiki sizda bu imkoniyat bor.

 

Quyida o’rganishingiz uchun ba’zi yirik manbalar ro’yhati keltirildi (ma’lumotlar ingliz tilida):

 

Universitet kurslari:

  1. Coursera

  2. Udacity

  3. MIT OpenCourseWare

  4. Stanford Engineering Everywhere

  5. Academic Earth

 

Onlayn qo’llanmalar:

  1. Khan Academy

  2. Treehouse

  3. MIT Scratch

  4. Codecademy

  5. Code School

 

Jamiyat va klublar:

  1. CoderDojo

  2. Girls Who Code

  3. Girl Develop It

  4. Code.org

  5. Coding meetup Groups

 

manba: readingpack.com

 

(296 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: