developing-people1

Dasturlash nima?

Dasturlash yoki kod yozish – bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Agar siz oldin hech kod yozmagan bo’lsangiz, ehtimol mavjud ilovalardagi narsalarni bosib kompyuter bilan muloqot qilgan bo’lsangiz kerak. Aslida, bu ilovalar komputerga ilovani qanday ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, hamda siz sichqonchani bosganinizda qanday javob qaytarishni aytadigan kodlardan tashkil topgan.

 

Butun dasturlash biz yuqorida muhokama qilgan informatikaning tamoyillariga asoslanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, mantiq, algoritmlar, ma’lumotlar, tizimli loyihalashtirish kabi bir xil tushunchalar to’plami – siz hozir bu maqolani o’qishda foydalanayotgan brovzerdan tortib samolyotdagi avtopilot dasturini tuzishgacha – hamma joyda qo’llanilishi mumkin. Dasturlash o’z ichiga ko’plab matematik hisob-kitob va strukturani olsada, u yuqori darajada ijodiy ish hisoblanadi: bir qator kod bilan bir vaqtda mahsulotning tayyor holati haqida o’ylaysiz.

 

Dasturlashni informatika bo’yicha ta’limning bir qismi sifatida o’rganishning qator foydalari bor:

 

  1. Uni o’zing bajar: agar siz kod yoza olsangiz, (dastur)narsalarni o’zingizga yaratib olishingiz mumkin. Soddasidan boshlashingiz mumkin: bir qancha rasmlarni nomini o’zgartirish uchun script yozish yoki soliqlarni hisoblashga yordam beradigan Excel formula yaratishingiz mumkin. Keyin, yanada tasavvurni kengaytirib: o’zingiz haqingizda sayt yaratishingiz; kompaniyangiz uchun mobil ilova yaratishingiz; o’rtoqlaringiz bilan o’ynash uchun o’yin tuzishingiz mumkin.

     

  2. Kamchiliklarni bartaraf qilish: o’zingiz mustaqil bir nechta dastur yaratishingiz bilan, boshqa dasturlar ham soddaligini tushunib qolasiz. Kompyuterdan noma’lum bir narsa sifatida qo’rqishdan to’xtashingiz bilan, texnik yordam bo’yicha usta bo’lasiz. Texnologiya haytoning har bir jabhasiga kirib borishi bilan, undan foydalanishni bilish o’qishni bilishdek muhim bo’lib boradi.

     

  1. Kasb: informatikani o’rganishdan maqsad professional dasturchi bo’lish emas. Biz hammamiz maktabda matematika, fizika va kimyoni o’rganamiz, biroq hammamiz professional matematik, fizik va kimyogar bo’lmaymiz. Shunday bo’lsada, agar sizda informatikaga kuchli ishtiyoq bo’lsa dasturiy ta’minot ishlab chiqish eng yuqori reytingga ega, eng ko’p maosh to’lanadigan va eng tez o’sib borayotgan ish ekanligini ko’rasiz.

     

(921 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: