level

Boshlang’ich developerdan yuqoriroq darajaga yetish uchun 10 maslahat

level

Endigina dasturchilik dunyosiga qadam qo’yganlar uchun foyda beruvchi maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

#1: Boshqa tilni o’rganing

Qaysi tilni o’rganishingizning ahamiyati yo’q, boshqa tilni o’rganish (hozirda nechtasini bilishingizdan qat’iy nazar) yaxshiroq dasturchi bo’lishingizda yaxshi qadam bo’ladi. Agar iloji bo’lsa, hozirda muntazam ishlatayotganingizdan tubdan farq qiluvchisini toping. Boshqacha qilib aytganda, C# ishchisi bo’lsangiz, VB.NET yoki Javani o’rganishdan ko’ra, Ruby yoki Groovyni o’rganish afzalroq.

Albatta “tilni o’rganing” deganda, uni obdon o’rganishingizni nazarda tutilmoqda. Tilni o’rganish 3 sohali bilimni o’z ichiga oladi: sintaksis, ichki operatorlar va kutubxonalar, shuningdek “qanday qo’llash”. Birinchi ikkitasi osonroq; tajribali developer til turiga qarab 30 minutdan bir necha soatgacha bo’lgan vaqtda kod yuritish uchun tilning sintaksi(tartibi)ni o’rganib ola biladi. Operator va kutubxonalar shunchaki sekin asta tajriba to’plash va o’zingizga zarurini bilib olguncha spravichnik materiallarini tekshirib borishga tayyorligingizni talab etadi. Lekin uchinchi omil – “qanday qo’llash” – faqatgina tilda oylab ishlash orqaligina o’rganiladi va aynan shu yerda ajib ishlar yuz beradi. Biz muayyan tilga rosa mos loyihalarni va aynan o’sha til uslubida qilishni maslahat beramiz.

Tilni berilib o’rganing, va shunda dasturchilik qobiliyatlaringiz gullay boshlaydi.

#2: Murakkab qidiruv uslublari, taktika va strategiyalarini o’rganing. Davom etarkanmiz, yaxshi dasturchi bo’lish nafaqat o’z malakangizga ega bo’lish, balki ma’lumot topish ko’nikmangizga ham bog’liq. Oddiy qilib aytganda, zamonaviy tillar va dastur negizlari ularni hammasini eslab qolishga o’ta kattalik qiladi. Natijada, ishni bajarishlik qobiliyatingiz tadqiqot qila bilishligingiz bog’liq bo’ladi. Baxtga qarshi, to’laqonli va yuqori-sifatli ma’lumot topish shunchaki qidiruv sahifasiga bir-ikki so’zlarni kiritishdangina iborat emas.

“Uslub”, “taktika” va “strategiyalar” sinonimga o’xshashligi mumkin, lekin aslida aksincha. O’rganishingiz kerak bo’lgan uslublar – o’zingiz yoqtirgan qidiruv sahifasining murakkab qidiruv tizimlaridir. Misol uchun, Boolean operatorlar kabilarni, natijalar(manfiy kalit so’zlari, domen cheklovlari va b.)ni qanday filtrlash, so’z tartiblari nima rol o’ynashi va ko’plab boshqalar kiradi. Xullas qo’llanmalarni o’qishingizga to’g’ri keladi. Taktikalar xususida, biron muayyan qidiruvga qanday yondashish va aynan nimani qidirishni bilishni o’rganishlar kiradi. Xatolar esa oson-xato kodini qidiring, ko’p qidiruvlarda kalit so’zini tanlash ancha qiyinroq.
Strategiyalarga keladigan bo’lsak, siz qaysi qidiruv tizimlarini ishlatish kabilarni o’rganishingiz lozim bo’ladi: (maslahat: umumiy maqsadli qidiruv tizimlari doim ham to’g’ri tanlov bo’lavermaydi), umumiy maqsadli qidiruv tizimlariga kirishdan avval qaysi sahifalarga nazar tashlash lozimligi, va hatto yordam uchun qaysi xabarlar peshtaxtalariga murojaat etishni o’rganish maqsadga muvofiq.

#3: Boshqalarga yordam bering

Boshqalarni o’qitish – biron ko’nikmani o’rganishning eng zo’r yo’li. Dasturchilik sohasi uchun nisbatan boshlang’ich ekanligingizdan, hozircha ko’p taklifga ega bo’lmasangiz muammo emas. Doim esda tuting mavjud bilimingizni kim yoki qayerdandir olgansiz; shuning uchun ham boshqa birov uchun yaxshi manba bo’lishga intiling. Mutaxassisligingiz bo’yicha savollar bilan murojaat qilganlarga yordam bering. Boshqa o’rganuvchilar ham sizga bilimingiz oshishida sababchi bo’lishi mumkin.

#4: Sabrli bo’ling va amaliyotni davom ettiring

Tadqiqotlar ko’rsatishicha “yetuk mutaxassis” bo’lish uchun kop’lab soat doimiy amaliyot” talab etilar ekan. Bu albatta uzoq vaqt. Undan tashqari, mutaxassis degani albatta bir hil ishni yillab qaytarish degani emas, balki biron soha ichida turli hil vazifalarni doimiy qilib borishni anglatadi. Mutaxassis bo’lish ko’p vaqt va quvvat talab etishi turgan gap, shunchaki bir oz dasturchilik qilib yurishni kamlik qiladi. Masalan, “ustoz developer” bo’lishni istarmidingiz? Ikkisidan biri: yo ta’lim olishni vaqtliroq boshlang, yo bo’lmasa bo’sh vaqtingizda ko’p ishlab, o’qib keyin esa amaliyot qilishga tayyor turing.

#5: Ba’zi dasturchilik odatlaringizga barham bering

Rostini aytadigan bo’lsak, biror ishni siz o’rganib qolgandan boshqacharoq hal etish uslubi bor, shunday emasmi? Har qanday “mutaxassis”ning ham gapiga ko’r-ko’rona quloq solavermang. Juda ko’p hollarda, ayniqsa obyektga yo’naltirilgan arxitekturalarda ushbu qusurlar uchrab turadi. Misol uchun, ko’pgina boshlovchi dasturchilar ushbu arxitektura haqida biron ma’lumot o’qib qolishadi, ularning oddiy dastur uchun yozgan sinfli(class) diagrammalari Eifel Minorasiga o’xshab qoladi.

#6: Bir nechta oliy dasturiy tushunchalarni chuqurroq o’rganib chiqing

Dasturiy pillapoyalardan yuqorilash uchun kodlash bilan bog’liq bir nechta tamoyillarni o’zlashtirish talab etiladi. Kimgadir, paralellik, muntazam taqdimotlar yoki dinamik tillarni qanday boshqarishlar yaxshi tanlov bo’ladi. O’zingizga mosini toping va ishga sho’ng’ing. Balki siz tanlagan rasmni qo’llash (manipulyasiya) yoki ma’lumotlar bazasi dizayni yoki boshqa biron nimadir? Hattoki kirituv darajasidagi developer bo’lsangiz ham, biron bo’lim mutaxasisi bo’lishga urining.

#7: O’z sohangizning asosiy nazariyalarini o’rganib chiqing

“Hello World”ni yozish bir narsa bo’lsa, yozganingiz monitorda qay alfozda chiqishini tasavvur etish umuman boshqa narsa. O’z ishingizni mayda chuydalarini o’rganib siz sohangiz “yulduz”iga aylanishingiz osonlashadi. Nega deysizmi? Chunki nega detallar muayyan turda ishlashi, nosozlik ro’y berganda nimalar ishdan chiqishi va shu kabilarni o’rganish zarar qilmaydi. O’z ishingizdan quyiroqda nimalar sodir bo’lishini o’rgana boshlasangiz, demak rivojlanish uchun qadam qo’ymoqdasiz.

Agar internet dasturchi (web developer) bo’lsangiz HTTP RFC yoki HTML ixtisosliklaridan ta’lim oling. Agar kod chiqaruvchi (code generator) bilan ishlasangiz, chiqayotgan har bir kodga chuqurroq nazar bilan boqing; agar ma’lumotlar bazasi sohangiz bo’lsa, u chiqarayotgan mos SQL diqqatingiz markazida bo’lsin va hokazo.

#8: Malakali dasturchilar kodlariga e’tibor qarating

O’z kasbingizda “ustasi farang”lari ishiga boqing, nega ular muayyan uslubda nega va qanday yozayotganligiga qiziqib ko’ring. Agar uddalasangiz manba loyihalarini ham tekshirib ko’rish lozim. Hattoki boshqa developerlar eng yuksak faoliyatlarga ega bo’lmasa ham, kod qanday yozilishi xususida talaygina bilib olasiz. Faqatgina o’rganish mobaynida noto’g’ri yozish odatlarini nusxalab olmang. Bu yerda maqsad boshqa dasturchilardan ko’r-ko’rona ko’chirib olish emas, balki nima ish berishiyu, qanday yozish mantiqiyligini bilib, o’zida sinab ko’rishdir.

#9: Kodlashning “yaxshi” uslublarini o’rganing

Kod yozuvchini noto’g’ri o’zgaruvchi, yomon odatlangan odatlari va boshqa shu kabilar tajriba kamligi belgisidir. Juda ko’p hollarda kod formatlash kabilarni o’rganmasdan dasturlash o’rganiladi va ishda bu yaqqol bilinadi. Shu kabi detallarni o’rganish kodlaringizni yoki sizni doim ham yuksaklarga olib chiqmasa ham, har qalay endi siz faqatgina “ma’lumot kirituvchi” darajadan yuqoriroqda bo’lasiz. Masalan, hattoki malakali developer yozgan o’zgaruvchilarga 97 xil nom berib qo’yishi yoki ularning vazifasi “nimadirBajar()” deb kiritilishi, keyin esa o’zlari nima qilayotganlarini tushunmay qolishadi, oqibatda ularning kodlari bilan ishlash amri mahol bo’lib qoladi.

#10: Qilgan ishingizdan maroqlaning

Karyera pog’onalarida qolib ketish niyatingiz bo’lsa – o’z kasbingizni yomon ko’ring. Ushbu sohada o’z ishingizda yuqorilash uchun uyga iloji boricha ko’p pul to’plash emas, balki kasbidan keladigan qoniqishdir. Agar kasbingiz yoqmasa va endigina dastur tuzayotgan bo’lsangiz, qandaydir ijobiy tuyg’ular sizda yuqoriroq darajaga yetganda paydo bo’ladi deb kim kafolat beradi? Boshqa tarafdan esa, agar qilayotgan ishingizni sevsangiz, unda hammasi soz! Balki o’z ustingizda ishlashni davom ettirsangiz, haqiqiy mutaxassis bo’lib ketarsiz.

Manba: techrepublic.com

Abdulaziz Qodirov.

Hulosa o’rnida aytishimiz mumkin, tajriba shuni ko’rsatyaptiki har bir narsaning o’z maqsadi bor va qandaydir natijaga erishishni ko’zlaydi. Dasturlashda ham ana maqsadni eng yuqori o’ringa chiqarish kerak. Bu maqsad Dasturiy Loyihani ohiriga yetkazishdir. Dasturlashni o’rganuvchi dasturchi hamma nazariyalarni bir tomonga surib ularga e’tiborni kamaytirgan holda AMALIYOTga ko’p vaqt sarflash kerak. Dasturchilarni mashhur naqllari bor, “dasturlashni o’rgatib bo’lmaydi, lekin o’rgansa bo’ladi”. Shogirdlar bilan ko’rgan bu sohada tajribamiz AMALIYOTni o’rnini juda ham salmoqli ekanini ko’rsatmoqda va o’zini oqlmaoqda. Ayniqsa, bu sohada ustozimiz 30 yildan ortiq tajribaga ega dotsent Rustam Qobulov ham boshlang’ich davrda asosan amaliyotga urg’u berish kerakligini ta’kidlaydilar. Bu so’zlar ko’p marta amalda isbotini topdi. Bu bilan biz nazariyani butunlay o’rganmaslik kerak degan fikrdan yiroqmiz. Boshlang’ich davrda AMALIYOTni keng yo’lga qo’yish, natijaga erishishni oson yo’li. Ba’zilar video kurslar va online darslarga qiziqib ketishadi. Bularni ko’rishni maqsad qilinsa, yillab ko’rib ham tugatib bo’lmaydi.

(709 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • anonym

    Google+ ga share