certification-business-analytics

Biznes analitikning dastur chiqaruvchi kompaniyadagi o’rni qanday?

Bu kasbning kelajagi qanday? Shu soha bo’yicha magistratura o’qimoqchiman. Biznes analitikning ahamiyatini tushunmoqchiman.

Yuqoridagi savolga biznes analitik Robin Gupta tomonidan javob berilgan.

Biznes analitikdan “katta rasm” ni tasavvur qilish kutiladi, loyihaning biznes tomondan to texnologik tomonigacha uning majburiyatlariga kiradi.

U biznes va texnologiya o’rtasida muvofiqlashtiruchi bo’lib hizmat qiladi, maqbul yechimlarni taklif qiladi hamda, hizmatlar va biznes faoliyatining umumiy sifatini oshiradi. Biznes analitikning majburiyatlaridan ayrimlari quyidagilar:

  • Sistema va qilinadigan ishlarni o’rganish hamda masalaning ko’lamini aniqlash.
  • Asosiy investorlar bilan bog’lanib, ularning talablarini o’rganish uchun muzokaralar olib borish.
  • Muammoni turli tomondan tahlil qilish va kamchiliklarni aniqlash.
  • Funksional va funksional bo’lmagan talablar bo’yicha biznesning aniq talablarini hujjatlashtirish.
  • Foydalanish holatlari, biznes talablari hujjati, sistema talablari hujjati va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash.
  • Systemaning talablaridan kelib chiqib prototip chiqaradi va ekrandagi ko’rinishlarni tayyorlaydi.
  • Katta loyihalar uchun ma’lumot va jarayonlarni ham tayyorlashi kerak.
  • Texnologik jamoa bilan birgalikda ishlab ularga yechimning texnologik jihatlarini tushunishda yordam berish.
  • Dastur ishlab chiqishni nazorat qilish, uchrashuvlar o’tkazish va lohiyani boshqarishni amalga oshirish.
  • Foydalanuvchiga qulaylilik va funksional jihatlarini sinovdan o’tkazish va to’g’rilash va oldini olish yo’llarini tavsiya qilish.

Umuman olganda, ko’p biznes analitiklar “talablar jarayoniga egalik qiladi”, ya’ni ular biznes boshqaruvchilari va foydalanuvchilar yangi dasturdan nimalar kutayotgani kabi muhim masalalar bilan ishlaydi, – deydi Forrester Research’ning yetakchi analitigi Keri Shvaber.

Agar dasturiy loyiha talablarning sifatiga qarab muvaffaqiyatga erishadi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraydi deb ishonsangiz,” deydi Shvaber, “unda dasturiy loyiha biznes analitikka qarab ham muvaffaqiyatga erishishi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ishoning”.

(716 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: