5thebest

5 ta eng yaxshi dasturlash tillari (Dastlabki o’rganuvchilar uchun) (davomi)

(1- qismi)

Piton (Python)

Odamlar birinchi dasturlash tillari va qaysi tilni tanlash odamlar uchun osonligini muhokama qilganda, albatta Pitonga to’xtaladilar. U 80-yillarda Gvido van Rossum (Guido van Rossum) tomonidan ishlab chiqilgan. U keyinchalik tilni hozirgi kunda tilning administratori hisoblangan notijoriy Piton Softveir Foundeyshinga (Python Software Foundation) bergan, tilning o’zi esa ochiq-kodli va foydalanish uchun bepul, hattoki tijoriy dasturlar uchun ham. Piton odatda dasturchilarni qisqa vaqtda ko’p miqdorda oson o’qiladigan va funksional kodlarni yozishini ta’minlaydigan skript til sifatitida foydalaniladi, biroq u dinamik, hamda obyektga yo’naltirilgan, protsedurali va funksional dasturlashni ham ta’minlaydi. Tez moslashuvchanligi hisobiga, Piton bugungi kunda yuqori darajada keng qo’llaniladigan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi.

Piton aynan dasturlash asoslaridan boshlamaydi, balki u sizga boshqa tillarni o’rganish va ularda ishlashda yordam beradigan satr boshi, modullilik va nomlashning muhimligi kabi foydali narsalarni o’rgatadi. Bu tilga ovoz berganlar Piton dasturchilar jamiyatining tilni o’rgatishdan xursand ekanliklarini, shuning uchun ularda dastlabki o’rganuvchilarga ko’plab o’quv qurollari va hujjatlar borligini ta’kidlab o’tishgan. Rasmiy darsliklari qarab o’rganishga qulay, foydali va amaliy.

C/C++

Ko’pchilik ovozlar C dasturlash tiliga bo’lganligi, C++ ga esa kamroq ovoz berilganligi uchun ularni birga qo’yishga qaror qilinganki bu til C dan kelib chiqqan til hisoblanadi. C va C++ tillari mos ravishda qariyb 1970 va 80 – yillardan beri mavjud. C o’z o’rnida juda ham keng foydalanilgan, ommaviy, imperativ (buyruq tarzidagi) dasturlash tili bo’lib, bu tildan rivojlantirilgan deyarli barcha tillarga kuchli ta’sir qilgan. Boshqa tomondan, C++ C tilini yanada rivojlantirib, unga virtual funksiyalar va andozalar bilan birga, klasslar kabi obyektga yo’naltirilgan jihatlarni qo’shdi. C++ bugungi kunda dunyoning eng mashhur dasturlash tillaridan biri bo’lib, haligacha barcha narsada: video o’yinlardan tortib samaradorlik dasturiy ta’minotlarigacha keng qo’llaniladi. Garchi ko’pchilik C dan boshlashga hech qanday sabab yo’qligini tasdiqlasada, C++ ni tanlash C dan ko’ra biroz qiyinroq. Hozircha, bu haqda bahslashmoqchi emasmiz.

C va C++ haqida muhim bir ma’lumot: ular ikkalasi ham informatika va dasturlashdagi eng muhim tillardan hisoblanadi. Keyinchalik ularni ishlatmagan taqdirda ham, ularni o’rganish sizga foyda beradi. Ular informatika va dasturlashning boshlanishi va asoslari haqida sizda tasavvur hosil qiladi. Shuning uchun, ko’pchilik ularni o’rganishni mashina haydashni o’rganishdan oldin mashina yig’ishni o’rganishga o’xshashligini ta’kidlashgan. Bu tillarni dastlabki o’rganish kerak bo’lgan til sifatida maqtaganlar shuni ta’kidlab o’tishgan va agar bu tillarni o’rganishdan boshlasangiz dasturlash haqida keng tushunchaga ega bo’lishingizni aytishgan. Hozircha, prossional darajada kod yozishni maqsad qilmayotgan bo’lsangiz, bu sizga muammo bo’lmasligi mumkin, ammo baribir bu haqda o’ylab ko’rishga arziydi. Shuningdek, ovoz beruvchilarning ba’zilari C va C++ ning Arduino mikroprotsessorlarini dasturlashda foydalanilgan ANSI C va robot qurilmalarni dasturlashda ishlatilgan Robot C kabi turli variantlariga ham ovoz berishgan. Ularning ko’pchiligi C va C++ kabi qiyin tillarni o’rganishdan boshlansa boshqalari (misol uchun Java) unchalik qiyin bo’lmay qolishini aytib o’tishgan.

JavaScript

JavaScript 90-yillarda sobiq Netscape Communications va hozirgi Mozilla Foundationning asoschilaridan bo’lgan Brendan Ich (Brendan Eich) tomonidan ishlab chiqilgan skript til bo’lib, Java bilan adashtirib yubormaslik kerak. Ma’lumki, JavaScript veb dasturlashda fundamental texnologiyalardan biri hisoblanadi. Albatta, JavaScript brovzerdan tashqarida ham qo’llaniladi, lekin asosan veb ilova va hizmatlarda foydalaniladi. Tilning o’zi dinamik bo’lib, dasturlashning obyektga yo’naltirilgan uslublaridan (til sifatida asosan obyektga yo’naltirilgan), shuningdek, funksional va imperativ usullaridan foydalanish imkonini beradi. U o’zinig ko’plab sintaksislarini C dan olgan, agar kelgusida veb sohasida har qanday rivojlanish qilmoqchi bo’lsangiz, JavaScriptni o’rganish sizning ro’yxatingizda bo’lishi kerak.

Baxtingizga, JavaScriptni o’rganish nisbatan oson, u bilan o’ynab ko’rishingiz uchun shundoqqina brouzeringizda joylashgan, ma’lum vaqt chetda qolishiga qaramasdan, u tezda mashhur bo’lib bormoqda. Bu tilga ovoz berganlarning ko’pchiligi JavaScriptni o’rganish orqali pul topishga ishtiyoqi zo’rligini ta’kidlab o’tishgan – ko’pchilik dasturlashni shu maqsadda o’rganishi ham turgan gap, chunki undan foydalanib darrov veb dastur tuzishni boshlash mumkin. Ba’zilar birinchi o’rganish uchun JacaScriptni tanlab C hamda Java kabi murakkabroq tillarni o’rganishda nisbiy afzallikka ega bo’lishini aytib o’tishgan (aslida, Java hamda JavaScript o’rtasida ba’zi o’xshashliklar bor xolos). Bundan tashqari, agar professional darajada dasturlashni xohlasangiz, bugungi kunda JavaScriptga talab juda yuqori.

Va nihoyat, dastlabki o’rganuvchilar uchun eng ko’p tavsiya etilgan tillar bo’yicha ovozlar natijasini keltiramiz:

statis_langso'rovnoma

manba : lifehacker.com

(1,573 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • Hamid

    C#_Sharp ni kiritmabsiz-u ruyhatingizga? Iloji bulsa C# Sharp da dasturlash saboqlarini kiritib borsangiz, iltimos