testivus

Unit Test’lar haqida (1.1)

Ushbu maqola Unit Test larga bag‘ishlangan. Maqolaning boshida “Testivus yo‘li” deb nomlangan risolaning tarjimasi keltiriladi.

Testivus yo‘li
Unit Test’lar bilan tanishishdan avval keling Testivus falsafasini o‘rganib olamiz (sabr qiling, yaqin orada biz Testivus kimligini bilib olamiz). Bu falsafa ko‘p savollarga javob beradi va ajdarlar yashaydigan mamlakatda zo‘r ko‘mak bo‘ladi.

Izoh
Avvalgi xaritalarda inson qadami yetmagan joylar shunday belgilanar edi.

Shunday ibora bor: “Insonga baliq bering, shunda siz uni qornini bir kunga to‘ydirgan bo‘lasiz. Unga baliq tutishni o‘rgating, shunda u boshqa hech och qolmaydi”.

2006 yilning may oyida Himalayga yo‘l olgan yaxshi tayyorlanmagan ekspeditsiya yo‘ldan adashdi. 2 haftalik sargardonlik, ochlik va tashnalikdan so‘ng, bizni zaxmatkashlar qadimiy g‘orga kiruvchi yo‘l oldiga kelib qolishdi.

G‘or ichida ular chalkash yo‘laklar (labirint) va xonachalarni ko‘rdilar. Har bir xonachada yog‘ochli stol, bambukdan qurilgan ergonomik kursi, Dilbert jadvali va g‘alati kompyuter-sifat mexanik qurilma bor edi. Ofisning bir burchagida ular qora suyuqlik zaxirasini (keyinroq aniqlanishicha bu tarkibida kofein ko‘p bo‘lgan, gazlangan ichimlik ekan) va tennis stolini topishdi. Sayyohlar bu g‘or qadimiy software startup ekanligini tushunib yetishdi. Eng qadimiy. Xatto Netscape dan ham qadimiyroq…
Boshqa ajoyib topilmalar orasida ular yana ham ajiyb narsaga duch kelishdi: dasturchilardan biri yozib qoldirgan maktub. Ekspeditsiyani yo‘lboshchisi, unchalik yaxshi bo‘lmagan yo‘lboshchi, ularni qadimiy tilini bilar edi va maktubni tarjima qildi:

Biz reliz(release)ni har doimgidek, muddatidan avval bitirdik. Barcha testlar o‘tmoqda, shuning uchun qolgan xaftada biz dam olishga qaror qildik. Dengiz sayohatiga yo‘l olmoqchimiz. Bu sayohat team-building ga tegishli bo‘lgani sabab, biz xarajatlarni oqlanishiga umid qilamiz.

Sayyohlar bir birlariga taajjub bilan qiyo boqdilar. Ular nafaqat tarixdagi eng qadimiy software startup ni topishdi, balki doimiy ravishda jadvaldan avval reliz(release) chiqaruvchi dasturchilar guruhini topishdi!

Qadimgi dasturchilarni siri nimada edi? Ular bilan nima bo‘ldi? Sayyohlar shu savollarga javob topish ilinjida har bir xonachani titib chiqishdi va ikkita to‘ldirilgan risolalarni topishdi. Ulardan biri “Yarim soat ichida dengizda sayohat qilishga o‘rgan” deb nomlangan edi va bundan dasturchilar taqdiri qanday kechganini tushunib olishdi. Boshqasi esa “Testivus yo‘li” deb nomlangan risolaning tarjimasi. Uni kim yozdi? Testivus kim?

Bu matnning tarkibi qadimgi dasturchilarning yutuqlarini tushuntirib beradimi? Aniq aytib bo‘lmaydi, ammo biz ularni hayratlanarli qahramonliklari, Testivus falsafasi va g‘orda topilgan kofeinli suyuqliklarni ko‘p miqdordagi iste’moli bilan bog‘liqligiga ishonamiz. Risolani o‘qib ko‘rib o‘zingiz qaror chiqaring.

 

Alberto Savoia, CTO/Cofounder of Agitar Software

Aprel 2007, Mountain View, Calif.

(3,753 marta o'qilgan, bugun 2 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: