java

Solishtirish operatori

Java dasturlash tilida eng ko’p ishlatilardigan operatorlar:

  • solishtirish operatorlari
  • mantiqiy operatorlari
  • o‘zlashtirish operatori

Solishtirish operatori

Ikki operatorni bir-biri bilan solishtirishda ishlatiladi. Odatda, solishtirish operatorlar, shart berish operatori(if) va sikl(while, for) amallari bilan ishlatiladi.

Bu operatorlar ikki xil natija qaytarishi mumkin: true yoki false

Java dasturlash tilida quyidagi solishtirish operatorlari mavjud:

== -> teng

!= -> teng emas

> -> katta

< -> kichik

>= -> katta yokiy teng

<= -> kichik yokiy teng

  1. public class CompareOperators {
  2.  
  3. public static void main(String[] args) {
  4.  
  5. int a = 3;
  6.  
  7. int b = 6;
  8.  
  9. boolean c;
  10.  
  11. c = (a==b);
  12.  
  13. System.out.println(c);
  14.  
  15. }
  16.  
  17. }// false

int tipida a va b sonlariga 3 va 6 sonlarini o’zlashtirdik, boolean tipida c ni yaratdik. a va b sonlarini solishtirish operatori yordamida (a==b) solishtirdik, solishtirishimiz natijasida biz true yoki false qiymatini olamiz. Demak 3 va 6 sonlari bir biriga teng emas. Natijada biz false qiymatini olamiz va u qiymatni c ga o’zlashtirib qo’ydik. Ekranda false qiymati chiqdi.

Mantiqiy operatorlar.

Mantiqiy operatorlar natijasi true yoki false bo‘lgan operandlar ustida amalga oshiriladi. Bu operatorlar quyidagilardan iborat.

&&(&) – mantiqiy VA(AND).

||(|) – mantiqiy YOKI(OR).

^ – mantiqiy XOR(YOKI inkori)

! – mantiqiy YO‘Q(NOT)

|| – qisqartirilgan YOKI(OR)

&& – qisqartirilgan VA(AND)

Yuqoridagi operatorlar orqali ikki operand qiymatni solishtiramiz:

d

Shu opratorlarga oid misol ko’ramiz:

  1. public class CompareOperators {
  2.  
  3. public static void main(String[] args) {
  4.  
  5. boolean a = true;
  6.  
  7. boolean b = false;
  8.  
  9. boolean c, d, e, f;
  10.  
  11. c = a & b;
  12.  
  13. d = a | b;
  14.  
  15. e = a ^ b;
  16.  
  17. f = !a;
  18.  
  19. System.out.println("a&b = " + c);
  20.  
  21. System.out.println("a|b = " + d);
  22.  
  23. System.out.println("a^b = " + e);
  24.  
  25. System.out.println("!a = " + c);
  26.  
  27. }
  28.  
  29. }
  30.  
  31. //a&b = false
  32.  
  33. //a|b = true
  34.  
  35. //a^b = true
  36.  
  37. //!a = false

O‘zlashtirish operatori.

O’zlashtirish operatori tenglik(=) bilan ifodalanadi. Yuqorida ko’rgan misolimizga qaraydigan bo’lsak,  c =(a==b) ifoda a va b ni tekshirganimizdan chiqqan qiymatni c ga o’zlashtiryapmiz.

Hulosa qilib shuni aytish mumkunki, o’zlashtirish bilan solishtirish operatorlari farqi

(==) bo’lsa solishtirish

(=) bo’lsa o’zlashtirish bo’ladi.

G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(394 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: