java

Javada tanlash operatorlari

Java dasturlash tilida ikkita tanlash operatori bo’lib ular if va switch lardir. Masalani qo’yilishiga qarab ularning birini ishlatish mumkin. If operatori kodlashni ikkita yo’ldan biriga burib yuboradi. Hayotda shart tekshirish operatorlarini shunchalik ko’p  ishlatamizki, hatto ishlatganimizni ham sezmaymiz. Tasavvur qiling siz bekatda turipsiz sizga, 11- yo’nalishdagi avtobus kerak. Uzoqdan kelayotgan avtobusga ko’zingiz tushadi va ko’zingiz orqali ko’rgan ma’lumotingiz miyyangizga uzatiladi. Shundan so’ng miyyangiz kelgan ma’lumot asosida shart tekshiradi. Agar yo’nalish raqami 11 bo’lsa, avtobusga chiq aks holda keyingisini kut degan buyruqni tanaga miyya uzatadi. Bu jarayon shunday tez bo’ladiki hatto sezmaymiz ham. Bu jarayonlar hayotimizning har daqiqasida, soniyasida yuz beradi. Endi bu shart tekshirishlarimiz javada qanday yozilishini ko’rib chiqamiz.

If  tanlash operatori turlari

  • if ifodasi
  • if-else ifodasi
  • nested if ifodasi
  • if-else-if ladder (narvon)

If operatori shart tekshiradi  agar shart true(rost) bo’lsa amal bajariladi aks holda shart bajarilmaydi. If operatori, butun kod ishlashini ikkita yo‘ldan biriga yo‘naltirib yuboradi, ya’ni qo‘yilgan shart asosida kompilyator biror yo‘lni tanlab, o‘z ishini davom ettiradi.

<

p style=”text-align: justify;”>

  1. if(shart){
  2. //code to be executed
  3. }

if1

Misol:

Tasavvur qiling, do’konga xaridor  kirib tamaki maxsulotini sotib olmoqchi bo’lib, sotuvchidan tamaki mahsulotini so’radi. Sotuvchi xaridordan yoshini so’radi va xaridor sotuvchiga yoshi 17 da ekanligini aytdi. Qonunga ko’ra 18 yoshdan kichik bo’lgan xaridorlarga tamaki sotish ta’qiqlanadi. Keling endi sotuvchining miyyasida qanday jarayon bo’layotganini dasturga o’girib chiqsak:

Quloqlari orqali xaridorning yoshi nechida ekanligi miyadagi jarayon uchun kiruvchi qiymat bo’lib kirib keldi. Bu jarayonni javada dastur ko’rinishi:

  1. public class IfExample {
  2. public static void main(String[] args) {
  3. int xaridorningYoshi=17;
  4. if(age < 18){
  5. Sytem.out.print("Tamaki mahsuloti sotilmasin");
  6. }
  7. }
  8. }

Ekranda:

Tamaki mahsulot sotilmasin

int xar idorningYoshi=17;  -> kiruvchi qiymat
 
if(age < 18 ) -> tekshiruv jarayoni

Java IF-else operatori ta’rifi

Shart tekshirish  jarayonida shart true bo’lsa, if blokdagi amal bajariladi, aks holda else block dagi amal bajariladi

 

  1. if(condition){
  2. //code if condition is true
  3. }else{
  4. //code if condition is false
  5. }

 

if2

Misol: Berilgan sonni toq yoki toq emasligini bilish dasturi

 

  1. publicclass IfElseExample {
  2. publicstatic void main(String[] args) {
  3. int number=13;
  4. if(number%2==0){
  5. out.println("juft son");
  6. }else{
  7. out.println("toq son");
  8. }
  9. }
  10. }

 

Ekranda:

Toq son

Java IF-else-if  tanlash operatori

O’zbekcha qilib aytganda unisi bo’lmasa bunisi, bunisi bo’lmasa keyingisi degan ma’noda. if-else-if ketma ketligi shartlar ko’p bo’lgan hollarda ishlatiladi.

 

 

  1. if(condition1){
  2. //code to be executed if condition1 is true
  3. } else if(condition2){
  4. //code to be executed if condition2 is true
  5. } else if(condition3){
  6. //code to be executed if condition3 is true
  7. }
  8. ...
  9. else {
  10. //code to be executed if all the conditions are false
  11. }

 

 

elseifladder

 

  1. publicclass IfElseIfExample {
  2.  
  3. publicstatic void main(String[] args) {
  4. int ball=65;
  5.  
  6. if(ball<50){
  7. System.out.println("yiqildi");
  8. } else if(ball>=50 && ball<60) {
  9. System.out.println("D daraja");
  10. } else if(ball>=60 && ball<70) {
  11. System.out.println("C daraja");
  12. } else if(ball>=70 && ball<80) {
  13. System.out.println("B daraja");
  14. } else if(ball>=80 && ball<90) {
  15. System.out.println("A daraja");
  16. } else if(ball>=90 && ball<100) {
  17. System.out.println("A+ daraja");
  18. } else {
  19. System.out.println("Invalid!");
  20. }
  21. }
  22. }

Ekranda :

C daraja

Java Switch tanlash

Switch operatori – dastur ishlashini berilgan qiymatga mos holda biror yo‘nalishga o‘zgartirib berishni ta’minlaydi. Bu operator bir necha variantlardan kerakligini tanlab olishda, «if» operatori o‘rnida ishlatiladi. Albatta, barcha tanlovlarni «If» orqali amalga oshirish mumkin,. Farqi u shart true bo’lguniga qadar tekshiradi. Shart to’g’ri bo’lgandan keyin switch operatoridan boshqa qiymatlarni tekshirmaydi

 

  1. switch(shart){
  2. casevalue1:
  3. //code to be executed;
  4. break; //optional
  5. casevalue2:
  6. //code to be executed;
  7. break; //optional
  8. ......
  9. default:
  10. //hech qaysi shartni qanoantlantirmasa;
  11. }

 

Bu operator qanday ishlaydi? «Switch» operatoriga berilgan qiymat, «case» operatoridagi qiymatlar bilan birma-bir solishtiriladi. Agar qiymat biror variant bilan mos tushsa, shu variantga tegishli blok ichidagi operator yoki operatorlar bloki ishlaydi va «break» orqali bu tanlov(switch) yakuniga yetadi. Agar qiymat hech qaysi variant bilan mos tushmasa, «default» operatori ishlaydi va uning ichidagi operatorlar dastur ishlashini davom ettiradi.

«default» bloki bo‘lmasligi ham mumkin, bunda agar variantlar orasida bizning qiymat topilmasa, «switch»  hech qanday xabar bermaydi.

«break» operatori «switch» operatoridan chiqishni bildiradi, shuning uchun har bir «case» operatoridan keyin qo‘yilgan. Agar bu operatorni olib tashlasak, bizning qiymat variantlar orasidan topilsa ham, «switch» operatori ishlayveradi va hamma «case» operatoriga murojat qilaveradi. Bu dasturning xato ishlashiga olib keladi.

cswitch

 

  1. publicclass SwitchExample {
  2. publicstatic void main(String[] args) {
  3. int number=20;
  4. switch(number){
  5. case 10: System.out.println("10");break;
  6. case 20: System.out.println("20");break;
  7. case 30: System.out.println("30");break;
  8. default:System.out.println("Not in 10, 20 or 30");
  9. }
  10. }
  11. }

 

Ekranda:

20

 

G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(434 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: