java

Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari

O’zgaruvchi – xotiradan ajratilgan, himoyalangan maydon nomidir.

ram

Oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak, o’zgaruvchi – ma’lum bir turdagi ma’lumotni o’zida saqlovchi va o’lchami chegaralangan idish.  Tushunarliroq bo’lishi uchun bir ikkita hayotiy misollar keltiramiz: meva solish uchun tayyorlangan savatga suv sola olmaymiz o’zgaruvchilar ham shunday bir turdagi o’zgaruvchi uchun ajratilgan joyga boshqa turdagi o’zgaruvchini saqlay olmaymiz.

4 litrlik idishga 5 litr suv quya olmaymiz, chunki idishga 4 litr suv sig’adi. O’z o’zidan kelib chiqadiki 5 litrlik suvni saqlash uchun kattaroq idish tanlashimiz kerak.  O’zgaruvchilar ham shunday ma’lumotning o’lchami xotiradan ajratilgan joydan oshib ketsa dastur xatolik yuz beradi.

5 baytlik butun sonni ma’lumot turi int bo’lgan o’zgaruvchiga saqlay olmaymiz, chunki int = 4 bayt. Bu turdagi ma’lumotni saqlash uchun long dan foydalanamiz.

Types of Variable – o’zgaruvchi turlari

Javada 3 ta o’zgaruvchilar turi mavjud:

  1. local variable
  2. instance variable
  3. static variable

ty

  • local variable – funksiya ichida e’lon qilinadi va bu o’zgaruvchilar lokal (mahalliy) o’zgaruvchilar deyiladi.
  • instance variable – class ichida e’lon qilinadi
  • static variable – static deb e’lon qilingan  o’zgaruvchi static o’zgaruvchi deyiladi. Bu local(mahalliy) bo’lishi mumkin emas.

Misol uchun:

  1. class A {
  2.  
  3. int data=50; //instance variable
  4.  
  5. static int m=100; //static variable
  6.  
  7. void method() {
  8.  
  9. int n=90; //local variable
  10.  
  11. }
  12.  
  13. } //endof

 

Javada ma’lumot turlari (data types)

Javada ma’lumot turlari 2 ta:

  1. Sodda (primitive )
  2. Sodda bo’lmagan (non primitive)

dt

ularning oraliq qiymatlari

var

Quyidagi misolda ham o’zingiz ko’rishingiz mumkin:

  1. public class Varibles {
  2.  
  3. public static void main(String[] args) {
  4.  
  5. System.out.println(Character.SIZE / 8 + " byte");
  6.  
  7. System.out.println(Byte.SIZE / 8 + " byte");
  8.  
  9. System.out.println(Short.SIZE / 8 + " byte");
  10.  
  11. System.out.println(Integer.SIZE / 8 + " byte");
  12.  
  13. System.out.println(Long.SIZE / 8 + " byte");
  14.  
  15. System.out.println(Float.SIZE / 8 + " byte");
  16.  
  17. System.out.println(Double.SIZE / 8 + " byte");
  18.  
  19. }
  20.  
  21. }
G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(503 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • ulugbekrozimboyev

    yaxshi maqola chiqibdi, o’zgaruvchiga berilgan tarif yoqdi