java_technology

Java Texnologiyasi haqida

Java texnologiyasi ham dasturlash tili, ham platformadir.

Java Dasturlash tili

Java dasturlash tili yuqori darajadagi til bo’lib, quyidagi maxsus atamalarning barchasi bilan harakterlanadi:

  • Sodda
  • Obyektga yo’naltirilgan
  • Tarqalgan
  • Ko’pyo’nalishli (multithreaded)
  • Dinamik
  • Arxitekturasi neytral
  • Portativ, ixcham (portable)
  • Yuqori samaradorlik
  • Barqaror
  • Ishonchli

Yuqoridagi maxsus atamalarning har biri James Gosling va Henry McGilton tomonidan yozilgan “Java tili muhiti” (The Java Language Environment) texnik tavsifnomasida yoritib berilgan.

Java dasturlash tilida, barcha dastlabki kodlar avval .java  kengaytma bilan tugaydigan ochiq tekst faylda yoziladi. Anashu asosiy kod fayllar javac kompilyator orqali .class faylga o’tkaziladi. .class file sizning protsessoringizga tabiy bo’lgan kodni o’z ichiga olmaydi; aksincha, u Java Virtual Mashinasining1 (Java VM) mashina tili bytecode(baytkod)’lardan iborat. Keyin javani ishga tushiruvchi qurilma sizning ilova-dasturingizni Java virual Mashinasida ishga tushiradi.

java_steps

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonining umumiy ko’rinishi.

Chunki, Java VMsi ko’p operatsion tizimlarda mavjud, shuningdek .class fayllari ham Microsoft Windows, Solaris operatsion tizimi (the SolarisTM Operating System), Linux yoki Mac operatsion tizimlarida ishlay oladi. “Java SE HotSpot at a Glance” kabi ba’zi virtual mashinalar sizning ilova-dasturingizni unumdorligini oshirish uchun ishlash vaqtida qo’shimcha faoliyatlarni amalga oshiradi. Bu o’z ichiga, unumdorlikka halaqit beruvchi narsalarni topish va kodnng tez-tez ishlatiladigan qismini mashina kodiga kompilyatsiya qilish kabilarni o’z ichiga oladi.

1 “Java Virtual Mashinasi” va “JVM” atamalari Java platformasi uchun Virtual Mashina ma’nosini anglatadi.

java_for_os

Java VM orqali, bir xil dastur ko’plab platformalarda ishlay oladi.

Java Platformasi

Platform bu – uskunaviy yoki dasturiy ta’minot muhiti bo’lib, unda dastur ishga tushuriladi. Biz yuqorida Microsoft Windows, Linux, Solaris OS va Mac OS kabi eng mashhur platformalardan ba’zilarini eslab o’tdik. Ko’pchilik platformalar operatsion tizim va foydalaniladigan uskunaning kombinatsiyasi sifatida ta’riflanadi. Java platformasi boshqa ko’pchilik platformalardan o’zining faqat dasturiy ta’minotdan iborat platformaligi bilan ajralib turadi, shuningdek boshqa qurilmaviy platformalarda ishlay oladi.

Java platformasi ikkita tarkibiy qismdan iborat:

  • Java Virtual mashinasi
  • Java-Dasturlash Ilova Interfeysi (Application Programming Interface (API))

Siz yuqorida Java Virtual Mashinasi bilan tanishib chiqdingiz; u Java platformasi uchun asos va turli qurilmaviy platformalarga ko’chib o’ta oladi.

“API” ko’plab qulayliklarni ta’minlab beradigan tayyor dasturiy komponentlar to’plami. U bir-biriga bog’liq klas (classes) va interfeyslar kutubxonasiga birlashtirilgan; bu kutubxonalar paketlar (to’plamlar) sifatida tanilgan. Keyingi, Java Texnologiyasi nima qila oladi? maqolasida “API” tomonidan taqdim etiladigan ayrim faoliyatlar ta’kidlab o’tiladi.

hardware_based

“API” va Java Virtual Mashinasi dasturni asos qurilmadan ajratadi.

Platformaga bog’liq bo’lmagan muhit sifatida, Java platformasi hususiy kodga nisbatan biroz sekinroq bo’lishi mumkin. Biroq, kompilyator va virtual mashina texnologiyasidagi yuksalishlar, ko’chirishga xavf solmagan holda unumdorlikni hususiy kodga yaiqinlashtiradi.

(1,083 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: