java

Java Tehnologiyasi Mening Hayotimni Qanday O’zgartiradi?

Agar siz Java dasturlash tilini o’rgansangiz, biz sizga mashhurlik, boylik yoki hatto biror ishga va’da berolmaymiz. Shunday bo’lsada, u sizning dasturlaringizni yaxshiroq qiladi va boshqa tillardan ko’ra kamroq harakat talab qiladi. Biz ishonamizki Java tehnologiyasi sizga quyidagilarni bajarishga yordam beradi:

  • Tez ishga kirishish: Java dasturlash tili kuchli obyektga yo’naltirilgan til bo’lsada, uni o’rganish oson, ayniqsa C va C++ (C plus plus) lardan allaqchon habardor bo’lgan dasturchilar uchun.
  • Kamroq kod yozish: Dastur ko’rsatkichlarini taqqoslash (klasslar soni, metodlar soni va hokazo) shuni ko’rsatadiki, Java dasturlash tilida yozilgan dastur C++ (C plus plus) da yozilgan aynan bir xil dasturdan ko’ra to’rt marta kichikroq bo’laoladi.
  • Yaxshiroq kod yozish: Java dasturlash tili kodlashning ilg’or amaliyotidan foydalanishni rag’batlantiradi, hamda avtomatik chiqindi yig’ish hotirani bekorga sarf bo’lishini oldini olishga yordam beradi. Uning obyektga yo’naltirilganligi, JavaBeansTM arhitektura komponenti va yirik masshtabli, oson kengayadigan Amaliy Dasturlash Interfeysi (ADI) (API – Application Programming Interface) sizga mavjud bo’lgan, sinovdan o’tgan kodlarni qayta ishlatishga va kamroq hato qilishga imkon beradi.
  • Dasturlarni tezroq tuzish: Java dasturlash tili C++ dan ko’ra soddaroq va mana shuning uchun sizning u tilda dastur tuzishga ketgan vaqtingiz ikki martagacha samarali bo’ladi. Siz dasturlaringizda kamroq qatorlarda kod yozasiz.
  • Platformaga bo’g’liqlikdan qutilish: Siz dasturingizning ko’chuvchanligini boshqa tillarda yozilgan kutubxonalardan foydalanishdan voz kechish orqali saqlab qolasiz.
  • Bir marta yozish, hamma joyda ishlatish: Chunki Java dasturlash tilida yozilgan dasturlar mashinaga bog’liq bo’lmagan baytkodlarga tarjima qilinadi, ular har qanday Java platformasida izchil ishlay oladi.
  • Dasturiy ta’minotni osonroq tarqatish: Java Veb Start (Java Web Start) dasturiy ta’minoti bilan foydalanuvchilar sizning dasturingizni sichqonchani bir marta bosib ishga tushira oladilar. Ishga tushirishda avtomatik versiyani tekshirish foydalanuchilar har doim dasturiy ta’minotingizning oxirgi versiyasini ishlatayotganligini ta’minlaydi. Agar yangilanishlar mavjud bo’lsa, Java Veb Start dasturiy ta’minoti avtomatik tarzda ularning o’rnatmalarini yangilaydi.

 

Manba: http://docs.oracle.com/

(866 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: