java

Java qismlari

Java bir necha qismlarni o’z ichiga oladi va ular :
1. Simple (oddiy)
2. Object-Oriented (obyektga yo’naltirilgan)
3. Platform independent (mustaqil platformalar)
4. Secured (himoyalangan)
5. Robust (kuchli)
6. Architecture neutral (neytral arxitektura)
7. Portable (ixcham)
8. Dynamic (dinamik)
9. Interpreted (interpretatsiyalangan)
10. High Performance (yuqori tezlik)
11. Multithreaded (ko’p potokli)
12. Distributed (model bo’yicha taqsimlanish)

Simple (Oddiy)

Javaning sintaksisi C++ ga asoslangan. Shuning uchun C++ tilini biladiganlar Javani oson o`rganishadi. Lekin undagi ko`pchilik xususiyatlar olib tashlangan. Masalan: Pointer(ko`rsatkich)lar bilan to`g`ridan to`g`ri ishlash, ya`ni Javada alohida ko`rsatkich tushunchasi yo`q. Operatorlarni qayta yuklash ham olib tashlangan.

Object-Oriented (Obyektga yo’naltirilgan)

Object – oriented dasturda turli xil obyektlarini ularning turli xil hususiyatga ega ma’lumotlarni qo’shish tushuniladi.

Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (oops) metodologiyasi  ba’zi qoidalar bilan ta’minlash orqali dasturiy ta’minot ishlab chiqish xizmatini soddalashtiradi

Oop (Obyektga yo’naltirilgan dasturlash) asosiy tushunchalari:

  1. Object (Obyekt)
  2. Class (Klass)
  3. Inheritance (Vorislik)
  4. Polymorphism (Ko’p formalik)
  5. Abstraction (Mavhumlik)
  6. Encapsulation (Yashiringanlik)

Platform Independent (Platforma mustaqilligi)

 Dastur bajarila oladigan ixtiyoriy apparat yoki dasturiy muhit platformadir. Platformani 2 turi mavjud:

  1. Software-based (Dasturga asoslangan)
  2. Hardware-based (Qurilmaga asoslangan). 

Java Software-based (Dasturga asoslangan) platformasini ta’mininlab beradi. Java platformasi ikki komponentdan iborat boshqa dastur bajarilishi taminlovchi platform va qurulma platformasi bularga

  1. Runtime Environment (Bajarilish muhiti)
  2. API(Application Programming Interface – dastur uchun dasturlash interfeysi)

Java kodlari bir necha platformalarda ishlash qobilyatiga ega misol uchun:

  • Windows
  • Linux
  • Sun Solaris
  • Mac/OS va.h.k.

java is platform independent
Java kod kompilyatsiya bo’lganda platforma uni bayt kodga o’girib beradi, bayt kod esa mustaqil kod bo’lib, boshqa platformalarda ishlash qobilyatiga ega.

Secured (Xavfsiz)

Java xavfsiz chunki:

  • Ochiq ko’rsatkichga ega emas
  • Dastur virtual mashina muhitida ishlaydi
how java is secured
C++ dasturlar Operatsiyon Tizimning bajarilish muhitidan foydalanadi
how java is secured
Java dasturlar o’zining bajarilish muhitidan foydalanadi

Robust (Kuchli)

Robust – kuchli degan ma’noni bildiradi. Java  kuchli xotira boshqarividan foydalanadi.

G'ayratjon Rayimjonov
G'ayratjon Rayimjonov

G'ayratjon Rayimjonovning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(807 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: