classes-objects

Class nima?

Class nima?

Hayotda siz hammasi bir xil turda bo’lgan ko’plab individual obyektlarni tez-tez uchratasiz. Ular bir xil turda va modelda ishlab chiqarilgan minglab velosipedlar bo’lishi mumkin. Har bir velosiped bir xil loyihalar majmuasidan yasalgan va shuning uchun ularning tarkibiy qismlari bir xil. Obyektga yo’naltirilganlik jihatidan, sizning velosipedingiz velosipedlar deb nomlanuvchi obyektlar klasining bir namunasi. Class bu loyiha (reja, andoza, shablon) bo’lib, undan har bir individual obyekt yaratiladi.

Quyidagi Velosiped deb nomlangan class – bu bir velosipedda bo’lishi mumkin bo’lgan bir holat:

class Velosiped {
    int pedal = 0;
    int tezlik = 0;
    int charx = 1;

    void pedalniAylantirish(int yangiQiymat){
        pedal = yangiQiymat;
    }

    void charxniUzgartirish(int yangiQiymat){
        charx = yangiQiymat;
    }

    void tezlikniOshirish(int oshirish){
        tezlik = tezlik + oshirish;
    }

    void tormozBosish(int kamaytirish){
        tezlik = tezlik - kamaytirish;
    }

    void holatlarniChopQilish(){
        System.out.println("pedal:" + pedal + 
" tezlik:" + tezlik +  " charx:" + charx);
    }
}
/* Ko'rib turganingizdek, kodimizda o'zgaruvchilar, 
metod nomlari o'zbekcha  nomlangan. Albatta, bu 
dastlabki o'rganuvchilarga tushunarli bo'lishi uchun.
Lekin xalqaro miqyosda ishlash uchun ingliz tilini
bilish ancha foydali, dasturlash bo'yicha ma'lumotlar
ingliz tilida ko'p va dasturlash ham shu tilda
standartlashgan. */

Java dasturlash tilining sintaksisi (gap tuzilishi) sizga yangi tuyulishi mumkin, lekin bu classning dizayni obyektining oldingi muhokamsiga asoslangan. Pedal, tezlik va charx o’zgaruvchilar obyektning holatini ifodalaydi, metodlar esa (pedalniAylantirish, charxniUzgartirish, tezlikniOshirish vkz.) uning tashqi dunyo bilan o’zaro munosabatini aniqlaydi.
E’tibor bergan bo’lsangiz Velosiped classida asosiy (main) metod yo’q. Chunki u to’liq dastur emas; u faqatgina dasturda ishlatiladigan velosipedlar uchun shablon. Yangi Velosiped obyektlarini yaratish va foydalanish majburiyati dasturingizdagi boshqa classga yuklatilgan.

Bu yerda VelosipedDemo class ikkita alohida Velosiped obyektlarini yaratadi va ularning bajaradigan funksiyalarini chaqiradi:

class VelosipedDemo {
    public static void main(String[] args) {

        // Ikki xil velosiped obyektini yaratish
        Velosiped velik1 = new Velosiped();
        Velosiped velik2 = new Velosiped();

        //mazkur obketlarga
        // metodlarni chaqilish
        velik1.pedalniAylantirish(50);
        velik1.tezlikniOshirish(10);
        velik1.charxniUzgartirish(2);
        velik1.holatlarniChopQilish();

        velik2.pedalniAylantirish(50);
        velik2.tezlikniOshirish(10);
        velik2.charxniUzgartirish(2);
        velik2.pedalniAylantirish(40);
        velik2.tezlikniOshirish(10);
        velik2.charxniUzgartirish(3);
        velik2.holatlarniChopQilish();
    }
}

Bu misolimiz ikkala velosiped uchun oxirgi pedal aylanishi, tezlik va charx holatini chop qilib beradi.

pedal:50 tezlik:10 charx:2

pedal:40 tezlik:20 charx:3

 

(417 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • murod

    maqola yaxshi! foydali! shudnay davom etish k k!