java_tehnology

Java texnologiyasining mohiyati va turlari.

java_tehnology
       Java texnologyasi o’ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to’la obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, muhit (platforma)ga bog’liq bo’lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to’laligicha  Java Virtual Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi  tarjimonlik ya’ni, dastlab biz

yozgan  *.java faylni compilyator yordamida bayt kodga o’giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o’giriladi.Java texnologiyalari:
  •  Java SE – Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, applet’lar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.
  • Java EE – Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan ko’p foydalanuvchilarga mo’ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo’llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo’llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o’z tarkibiga  Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko’pgina boshqa qo’shimcha kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o’z ichiga oladi ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko’pgina internetga asoslangan qo’shimcha kutubxonalar.
  • Java ME – Java ME yoki Java Micro Edition  Java SE  ning ba’zi qismlarini o’z ichiga oladi. JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin. Masalan, mobil telefon uchun o’yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

Xulosa qilib aytganda Java ni o’rganish darajasi bo’yicha 3 ga bo’lishimiz mumkin:

  1. Java yadrosi(Core Java)
  2. Rivojlangan Java(Advanced Java)
  3. Java Enterprise Edition

Bundan kelib chiqib, Core Java va Advanced Java bu Java SE ga tegishli bo’lgan bilimlar deydigan bo’lsak, bu ikkovini o’rganmay Java EE ga o’tish mantiqan noto’gri. Shuning uchun dastlab Core Java ni o’rganish kerak.

Hulosamizga qo’shimcha ravishda shuni ham ta’kidlab o’tishimiz mumkinki, hozirgi kunda juda keng tarqagan Android OS asosida ishlovchi qurilmalarga ham aynan shu java tili asoslangan tehnologiya asosida dastur tuziladi.

manba: oddiy.blogspot.com

(740 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: