java

Java dasturlash tilining paydo bo’lishi

Java dasturlash tili – eng ommalashgan dasturlash tillaridan biri bo’lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo’ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga (Operatsion tizimga) bog’liq bo’lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko’ra bu fikridan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning  nomini Java ga almashtirdi va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o’zgarishlar qilishdi.
Java Obyektga Yo’naltirilgan Dasturlash(OOP – object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o’xshash. Eng ko’p yo’l qo’yiladigan xatolarga sabab bo’luvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi.

Java kod yozilgan fayllar (*.java  bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga o’tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o’qib yurgizdiriladi.

(266 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: