rp_b83568507f1a4b01a1b68f5ea0f0bdf9.png

DPI bo’yicha dizayner uchun qo’llanma (2-qism)

Ekran o’lchamlari (va asliy o’lchamlar)
Foydalanuvchi sizning dizayningizni qo’llashida ekran o’lchamlari muhim o’rin tutadi. Yaxshiyamki, elektron nur trubkalari o’rniga suyuq kristalli monitorlar (LCD) paydo bo’ldi, endi foydalanuvchilar ekranining asliy o’lchami uning PPI dagi o’lchamiga nisbiy muvofiq keladi.
O’lchamlar (razresheniye) ekrandagi piksellar sonini aniqlaydi. (masalan: 27 dyumli Cinema ekran uchun 2560 x 1440px) 2560 uzunligi, 1440 balandligi. PPI nima ekanligini bilganingizdan so’ng bu fizik o’lchamning o’lchov birligi emasligini tushunasiz.

Zamonaviy suyuq kristalli monitorlar o’zining ma’lum o’lchamlari (razresheniye) ga ega. Ular ekran tasvirlay oladigan piksellar soniga aniq mos keladi. Eski elektron nur trubkali ekranlarda esa bunday emas edi. Ularni hozir yo’q deb hisoblasak ham bo’laveradi. Keling yaxshisi bu mayda detallarga e’tibor qaratib o’tirmaylik.

27 dyumlik Cinema ekranini olamiz. Uning o’lchamlari (razresheniyesi) 2560 x 1440px bo’lib 109 PPI ni tasvirlay oladi. Agar razresheniyesini kichraytirsak undagi elementlar katta bo’lib ko’rina boshlaydi.  Ekranning asliy o’lchamlari (razresheniyesi) 2560 x 1440px, agar razresheniyesini kamaytiradigan bo’lsak ham piksellar 109 PPI ligi o’zgarmay qoladi. Ekrandagi bo’shliqni to’ldirish uchun sizing operartsion sistemangiz (OS) elementlarni cho’zadi (kengaytiradi), grafik protsessor barcha piksellarni yangi nisbatga moslab hisoblaydi.

 

Agar 27 dyumda razresheniyeni 1280 x 720px (o’zining razresheniyesi teng yarmi) ga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz sizning grafik protsessoringiz ekranni to’ldirish uchun ikki barobar kattalashgan piksellarni ishlatadi. Bunda natija qanday bo’ladi? Yuqorida natijani qanday aks etganini ko’rishingiz mumkin.

Quyidagi misolga qarang:

Izoh: chapda: OSX oynasining asl o’lchamlarida (razresheniyesida -1400900px) ko’rinishi; o’ngda OSX oynasining kichraytirilgan razresheniyeda (1024640px retina) ko’rinishi.

Quyida boshqa bir misolni ko’rib chiqamiz. Ekranda asl o’lchamida 1 pikselli to’g’ri chiziq olamiz. Endi razresheniyeni 50% ga kichraytiramiz. Ekranni to’ldirish uchun grafik protsessor tasvirni 1,5 ga ko’paytirib 150% li tasvirni aks ettiradi. Natija esa quyidagicha: ekranni to’ldirish uchun ranglar aralashuvi sodir bo’ldi.


Izoh: chapda 1 piksel qalinlikdagi to’g’ri chiziq asliy o’lchamlarda (razresheniyeda), o’ngda 1 piksel qalinlikdagi to’g’ri chiziq 150% ga kichraytirilgan razresheniyeda.
Shuning uchun, agar sizda Retina Macbook Pro bo’lsa va razresheniyesini o’zgartirmoqchi bo’lsangiz u sizga pastda bu razresheniye 1280 x 800 px da qanaqa “ko’rinishini” bildirib turadi. Foydalanuvchiga qanday ekran razresheniyesini tanlash tajribasini taqdim etadi.

Bu sub’yektiv tushunchadir, chunki u piksel razresheniyesini fizik o’lcham birligi sifatida qabul qiladi, lekin ularning nuqtai nazaridan qaraganda bu haqiqat.

Yodda tuting: agar siz o’z dizayningizni (yoki ixtiyoriy dizaynni) piksel jihatdan ideal ko’rishni istasangiz ekraningizni asliy o’lchamlari (razresheniyesi) dan boshqa razresheniyeni ishlatmang. To’g’ri, sizga balki kichikroq nisbatda bo’lsa qulayroqdir, lekin piksel bo’yicha qaraganda asliy razresheniyeda tasvir aniq ko’rinadi. Afsuski, ba’zi odamlar ekrandagi tasvirni (ayniqsa ish stolidagi (desktop)) yaxshiroq ko’rinish uchun razresheniyedan usul sifatida foydalanishadi. Razresheniye o’zgarganda dizayningiz avvalgiga qaraganda yoonroq ko’rinadi. lekin foydalanuvchilar tasvir jozibasini yaxshilashga emas, matn o’qilishini yaxshilashga harakat qilishadi.

Keyingi dars   3-qism

Manba: habrahabr.ru

(167 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: