rp_b83568507f1a4b01a1b68f5ea0f0bdf9.png

DPI bo’yicha dizayner uchun qo’lanma (1-qism)

Bu qo’llanma boshlang’ich dizaynerlar uchun krossplatformali dizayn haqida ilk ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Qo’llanmada oson tushunish va uni o’z dizaynerlik ishingizga bevosita qo’llashingiz uchun hech qanday murakkab matematik amallar, tushunarsiz diagrammalar keltirilmagan.

DPI va PPI nima?
DPI yoki (Dots Per Inch) «bir dyumdagi nuqtalar» biror bir yuzadagi nuqtalar o’lchovi bo’lib, ilgari pechat qilishda ishlatilgan. Ya’ni, sizning printeringiz bir dyumga sig’dirishi mumkin bo’lgan siyoh tomchilari sonini bildiradi. DPI qanchalik kichik bo’lsa tasvir aniqligi ham shunchalik kam bo’ladi.

Bu konsepsiya kompyuter ekranlariga ham PPI (bir dyumdagi piksellar soni) nomi ostida qo’llaniladi. Bu yerda PPI: ekran bir dyumda aks ettira oladigan piksellar soni hisoblanadi. DPI nomi ham ekranlarda ishlatiladi.

Windows kompyuterlarda ekran odatda 96 PPI bo’ladi. Mac esa 72 PPI bo’ladi (lekin, 80-yildan beri bu qiymat ayni shu aniqlikda emas). Odatda retina bo’lmagan kompyuterlarda (shu qatori Mac da ham) ekranlar minimum 72 PPI dan maksimum 120 PPI gacha bo’ladi.

PPI bilan ishlashda 72 va 120 orasida loyihalash sizning ishingizni namunali bo’lishini hamda o’lchamlari mos kelishini ta’minlaydi.
Mana amaliy misol: 27 dyumli Mac Cinema ekrani 109 PPI ga ega, ya’ni, u bir dyum ekanda 109 ta pikselni tasvirlay oladi. Ekran kengligi ramkasi bilan birga hisoblaganda 25,7 dyum (65 sm). Ekran o’zining kengligi taxminan 23,5 dyum,  23,5 * 109 ~ 2560, bundan ekran razresheniyesi 2560x1440px ekanligini kelib chiqadi.

Mac Cinema

Sizning dizayningizga ta’siri
Faraz qilamiz, siz ekranga 109 * 109 px li ko’k kvadrat chizmoqchisiz. Bu kvadrat ekranda 1 * 1 dyum fizik o’lchamga ega bo’ladi (yuqoridagi Mac Cinema da). Lekin agar foydalanuvchida 72 PPI lik ekran bo’lsa, ko’k kvadrat fizik jihatdan katta bo’lib ko’rinadi, chunki, 72 PPI ekranda sizning 109px li ko’k kvadratingizni aks ettirish uchun unga 1,5 dyum kerak bo’ladi. Quyida shuni kuzatishingiz mumkin.

Esda tuting: Sizning dizayningizni hamma har xil qurilmada ko’radi. Shu sababli siz o’z dizayningizni imkon boricha ko’pchilik foydalanuvchilar uchun moslashtirishingiz kerak. Foydalanuvchida ham xuddi o’zingiznidek qurilma deb hisoblamang.

(356 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: