ux

Mobil UX (User Experience- foydalanuvchi taasuroti)ni yaxshilash uchun 3ta Chora

ux

Mobil Internet barcha kirilayotgan veb sahifalarning uchdan biriga to’g’ri kelar ekan, endilikda dasturchilar oldida yagona divays sinfi uchun UX ishlab chiqarish va tekshirish yaramaydi. Siz o’z dastur tekshiruvingizni Shaxsiy kompyuter, planshet va mobil gadjetlariga alohida tekshirib ko’rish va har bir apparat ehtiyojlariga mos ravishda javob berish talab etiladi. O’z mobil tashrif buyuruvchilaringizni hursand tutib turish uchun 3 tadbir:

1. Shunday kod yozingki Sahifa Yanada Tezroq Ochilsin

Smartfon foydalanuvchilarining 64%i internet sahifalarni 4 yoki undan kamroq soniyada ochilishini kutishadi. Shunday ekan sahifa hajmlarini kichraytirish, JavaScriptni esa minimumda ushlab turish, vidjetlar, va fon ikonkalari rasm jozibadorligidan holi bo’lish maqsadga muvofiq.

3G foydalanuvchisi uchun o’rtacha yuklab olish (download) haqiqiy tezligi 244KB/s; 4G foydalanuvchisi uchun esa 756KB/sni tashkil etadi. Ikkalasi qiyosiy ravishda sekin hisoblanadi va bizni o’ylantirgan ham shudir. Biroq hayratlanarli tarafi shundaki, bu muammo mobil dunyosining ashaddiy bosh og’rig’i emas, balki undan muhimrog’i: tarmoq kutish vaqti (telefondan serverga va yana telefonga harakatlanish uchun ketadigan vaqt) va veb sahifaning qayta ishlash vaqti. Haqiqatan ham, odatiy mobil divaysda bir internet sahifasini ochishga ketadigan vaqtning 80%i HTTP talabini, stil varog’larini va script-yozuvlarni qayta ishlashga sarflanadi.

Bugungi kunda mobil veb sahifasining ishlash tezligini yaxshilamoqchi bo’lgan kishi eng kuchli chorasi – JavaScript kutubxonalarini masalan JQuery, JQuery UI, JQuery Mobile, Prototype va h.k.larni olib tashlashdir. Bu kutubhonalar nafaqat hajm jihatidan katta balki, ular divays prosessoriga og’irligi tushadi(ayniqsa sahifadagi vizual detallarga o’zgartirish kiritsangiz). Ularning o’rniga shaxsiylashtirilgan (personalizatsiya) boshqa JavaScriptlarni tanlaymiz. Masalan hech qanday tashqi JavaScript va HTML’i bo’lmagan, faqatgina ichki (inline) JavaScript’iga ega Amazon.com sahifasi tahlili shuni ko’rsatadi-sahifa 1 soniya atrofida ochib ulguradi.

Yana bir chora mobil sahifangizga qayta uzatishlarni yo’qoting. Ko’pgina platformalar sahifaning mobil versiyalarini alohida URL (misol: yourdomain.com?m=1) host qilishadi. Xar bir qo’shimcha uzatish bu – yuklashga ketadigan qo’shimcha vaqt degani.

2. Turli Shablonlarda Sinov O’tkazing

Saytni tez yuklanishini ta’minlash juda yaxshi, biroq foydalanuvchi sahifani ochganida nimaga duch keladi? Foydalanuvchi taassuroti (UX)da muvaffaqiyatga erishish degani bu bir necha marotaba urinish va xatoliklarni boshdan o’tkazish demakdir. Mazkur vazifa asosan bir xil kontentni turli rusumda qayta tekshirishlarni o’z ichiga oladi, ya’ni – turli monitor hajmlariga to’g’ri kelishi va foydalanuvchi javobini o’lchash shular jumlasidandir. Sahifadagi vaqt, kishi boshiga sahifalar tomoshasi, tashriflash ko’rsatkichlari o’zgardimi? Agar ha bo’lsa, o’zgarish manfiy tomongami yo musbatmi?

Siz o’z UX sinovingizni kengaytirib, kuzatuv doirangizga ShK, planshet va mobil qurilmalarni kiritishingiz o’ta muhim.

Qanday tekshirishni o’rganish UX’da muvaffaqiyatga erishishda asosiy rol egallaydi. Siz uni yo avtomatlashgan, mult-variant-testing (MVT) dastgohlari (masalan Ezoic) orqali; yoki bo’lmasa Adobe Target yohud Optimizely kabilar orqali qidirish kodlaridan foydalanib o’zingiz uchun mos funksiyalarni tuzishingiz mumkin. Ularni bir-biridan farqi MVT dargohlari o’zgarishlarni o’zi tuzib va tekshirib ham beradi.

Tajriba shuni ko’rsatadiki, tekshirilishi kerak ikkita muhim dizayn bo’lagi quyidagilar:

O’qiy olish: Ko’pgina mobil divayslar uchun boshlang’ich (default) holat shuki kontentni kichiklashtirib ekranga moslashdir. Natija foydalanuvchidan ba’zi noqulayliklar masalan kliklash yoki o’qish uchun ekran ko’rinishini kattalashtirish (zoom) talab etadi. Albatta noqulaylik UX ko’rsatkichini pasaytiradi va navigatsiyani badnom qiladi.

Grafika va Turfa Media: Mobil divayslar uchun ishlar ekansiz qo’yiladigan rasm joylashtiruvini sinashingiz va cheklashingiz talab etiladi. Ko’p hollarda, saytingiz tepasidagi siz yoqtirgan KATTA rasm mobillarda ochish uchun ortiqcha vaqt sarflab, butun ekranni olib qo’yadi. Balki siz ushbu faylni qo’yish uchun bahonalar topa olarsiz, lekin foydalanuvchi ko’pincha band kishi va muayyan ma’lumotni qidirib kirgan bo’ladi.

3. Mobil va Ta’sirli Navigasiyani Sayqallashtiring

Xar visitor ekrani hajmiga mos kelishi uchun kontentni qayta-hajmlash hozirda me’yor bo’lib qolmoqda, lekin mobil va planshetingiz menyulari nima bo’ladi? Linkka asoslangan navigatsiya – agar mobilga to’g’ri hajmlanmasa, ko’p divayslar uchun o’ta murakkablik bo’lib chiqadi. Chunki har safar ekranda yaqinlashtirish va “super-nozik barmoqlar” bo’lmasa aniqlik ham bo’lmaydi. Qo’lingizdan keladigan yaxshi chora esa sahifangiz ich-ichiga kiradigan YAGONA tushunarli menyu yaratishdir. Yodda tutingki, ikonkalar mobil divayslarda shunday joylashishi va ishlashi kerakki, foydalanuvchi navigatsiyani qiynalmay yopa olishi va quyi betga tusha olishi imkoniyati berilsin.

Xulosa

Mobil asri ostonamizda turibdi, shundoq ekan mobil divayslarda UX ni rivojlantirish uni kompyuterlarga rivojlantirish ahamiyatidan kam emas. U ko’p mehnat talab etsada, bahtli foydalanuvchilar, yaxshilangan qidiruv reytinglari va sifatli mahsulot – natijaga ketgan xarajatni oqlaydi.

Manba: uxmag.com

Abdulaziz Qodirov.

 

(1,501 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: