material-design-splash

Material dizayn haqida #1

Material dizayn haqida boshlang’ich tushunchalar.
Material dizayn iborasi haqida eshitganingizda u sizda mato tanlovi o’rtasida ikkilanayotgan interyer dizayneri hayoliy obrazini gavdalantiradi. Ajablanarli jihati, bu metafora google’ning spetsifikatsiya bo’yicha yangi dizaynidan uzoq emas. Real hayot va raqamli hayot o’rtasida juda katta farq bo’lgan bir paytda  UI (user interface – foydalanuvchi interfeysi) dizayn jarayonida ko’prik bo’lishga ularni bog’lashga Google harakat qilmoqda. Material dizayn 2014- yilda e’lon qilingan OS Google androidlari uchun ishlab chiqilgan dizayn tilidir.

“Material dizayn”- bu nima?
Garchi uning hususiyatlari birinchi navbatta sensorga asoslangan mobil ilova dizayniga qaratilgan bo’lsada, u (material dizayn) web dizaynni ba’zi idealari bilan ham hisoblashishi kerak. Online hujjatlar juda batafsil bo’lgani xolda men bazi joylari murakkab ekanini topdim.  Bu maqolada Material dizaynning tub mohiyatini va UI dizayn jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatishini tushuntirib bermoqchiman.   Google o’zining material dizayn tili uchun o’ta mufassal online xossalarini jamladi.   Bu sohada ko’rib chiqish uchun juda ko’p texnik atamalar mavjud, lekin bu ish Androidda foydalanuvchi interface i yaxshiroq asosli bo’lishi uchun tartib bilan qilindi. Avvalroq interyer dizaynerlari paxta va ziğir ipdan qilingan mato ishlatishga qaror qilganlaridek, material dizaynni ham moddiy matoda fokusi mavjuddir.   Lekin raqamli interface’lar mato yoki gazlamadan barpo qilinmaydi. Google’ning material dizayni materialni pixel’lardan tashkil topgan bir bir turdagi raqamli mato deb hisoblaydi. Foydalanuvchi bu matoni bosishi, barmog’i bilan harakatlantirishi va chimchilashi mumkin va u foydalanuvchi bilan o’zaro muvofiq harakatlanadi.

Mobil interfeys to’g’ri burchakli barlar va dumaloq tugmachalarga o’xshash qatlamli material jismlarsiz yasaladi.  Tarkibiy qismlar (video, text, rasm) material ustiga tekis joylashtiriladi.  Chalkashlik bormi? Umid qilamanki unday emas. Keling mavzuni oydinlashtirish uchun bazi tasvirlarni keltirib o’tamiz.

Har bir material parchasi raqamli olamda alohida bir jism hisoblanadi. Shunday qilib, oq fonli appda, aslida, oq rangli materialning butun uzunligi bilan ishlatishadi. Ko’k rangdagi Navbar boshqa material bo’lagidan foydalanib joylashtirib chiqiladi.Keyin esa, materialning har xil bo’laklariga, huddi ular oldin haqiqiy moddiy jism bo’lganlaridek, foydalanuvchi bevosita ta’sir etadi.  Material dizaynning asosiy maqsadi va vazifasi manashu o’zaro ta’sirni qayta ishlashdan iborat, manashu narsani u o’zida jamlaydi.  Harakat, chuqurlik (obyektlarning o’zaro joylashish farqi, balandlikka nisbatan) ranglar hususiyatlari va mundarija tarkibi- bular boryo’g’i bir nechta mavzudir qaysiki, hujjatlashtirishda qayd etilgan.  Bu tushuncha hali ham yangilik, men Google dan vaqtlar davomida yangiliklarni kutib qolaman. Esda saqlash zarur bo’lgan narsa shuki, Material dizayn bu Dizayn tilidir. Bu shunchaki foydalanuvchi interfeysi yoki interface elementlari majmuasi tanlovi emas. Balki bu interfeysga nazar solish haqida so’zlashuvning yangicha usulidir.

 

Ahror Yahyoyevning so'nngi maqolalari (hammasini ko'rish)

(339 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: