online coding

Dasturchilar uchun 10ta Onlayn Kodlash Musobaqalari!

Ushbu platformalarda o’zingizning kodlash mahoratingizni ko’rsating, musobaqalashing va ishga qabul qilining yoki yutuqlar egasiga aylaning!

Agar yaxshigina dasturlash mahoratiga ega bo’lsangiz, va hatto boshlovchi (beginner) bo’lsangizda lekin kodlashda amaliyot o’tamoqchi va musobaqalarda qatnashmoqchi bo’lsangiz, demak to’g’ri blogni o’qimoqdasiz! Quyida siz uchun 10 ta onlayn dasturlash musobaqalarini kiritmoqdamiz, bu yerda butun dunyodan dasturchilar bilan yelkama-yelka tajriba ortirsangiz bo’ladi.

Topcoder

Topcoder haqiqatan ham dunyoning eng ulkan dasturlar yaratish “o’lkasi” bo’lib, bu yerda dunyoning har yeridan developerlar qatnashadi. Platforma vaqtga ko’ra dasturlash musobaqalari o’z ichiga algoritmlar, testlash, dizayn, yig’ish, SRM, marafon va boshqa kategoriyalar oladi. Bellashuv homiylari yaxshi tanish bo’lgan – Microsoft kabi tashkilotlardir. Ular g’oliblarga pul yutug’ini taklif qilishadi. Dasturiy yechimlar Java, C++, C# yoki VB da berilishi mumkin.

CodeChef

CodeChef notijorat tashkiloti bo’lib, Hindistonning Mumbay shaxridan o’rin olgan Directl nomli Hind dasturiy kompaniyasi tomonidan boshqariladi. U onlayn musobaqalarga, treninglar va dasturchilar uchun boshqa tadbirlarni global ravishda olib boradi.

Sphere online judge (SPOJ)

Sphere online judge eng avvalgi musobaqachilardan biri bo’lib, 40 dasturiy tillar va yig’uvchi vositalar (compile)ni qo’llab quvvatlaydi. SPOJ platformasi onlayn testlash tizimi atrofida yasalgan, natijada u foydalanuvchi kiritgan dasturlarni automatik baholash uchun hizmat qiladi.

CodingBat

CodingBat to’g’ridan to’g’ri kodlash sayti, Java va Pythonda dasturlash mahoratini yetishtirmoqchi bo’lganlarga masalalar tayyorlab boradi. Bu yerdagi masalalarni yechganingizda zudlik bilan javob olib borasiz, bu esa kodlashning boshlang’ich asoslarini tushinish va ishlatish uchun ham asl hazinadir!

Google Code Jam

Google Code Jam – bu yillik ilova tayyorlash bo’yicha musobaqani kimsan Google’ni o’zi homiylik ostiga olgan va qo’llab quvvatlaydi. Bu yerda professional va student dasturchilar cheklangan vaqt ichida o’zlari tanlagan tilda muammoni yechish uchun murakkab algoritmik boshqotirmalar berishadi.

Dream in Code

Dream In Code (DIC) dasturchilar va veb developerlar uchun onlayn muhitdir. Sayt a’zolari minglab bepul dasturiy tillar, kod bo’laklari (snippets), forum mavzulari va boshqalarga ega bo’lishadi.

Codeforces

Codeforces shunday onlayn platformaki, u yerda siz turli masalalarni ishlab ko’rish va musobaqadagilarini esa baholashga topshirish yoki boshqa foydalanuvchilar kiritgan muammolarni hal qilishingiz mumkin.

Uva Online Judge

Bu onlayn kodlash sayti Ispaniyadagi, Valadolid Universiteti tomonidan yuritiladi. Saytga tashrif buyurib siz o’tgan dasturlash musobaqalari (masalan ACM International Programming Contest) masalalarini yechish yoki turli tillarda o’z kodlaringizni taqdim etishingiz imkoniga egasiz.

Python Challenge

Python dasturlash tiliga asoslangan holda, Python Challenge bir qator dasturiy masalalar to’plamidir. Yechim kiritishda boshqa tillar ham ishlatish mumkin bo’lsada, ko’pgina kalitlar agar Pythonda ishlayotganlarga o’qish osonroq bo’ladi.

Facebook Puzzles

Nomidan sezganingizdek ushbu kichik kodlash to’plami Feysbuk tomonidan potensial hodimlarni baholashda qo’llanib boriladi. Bu yerda kiritish tillariga variantlar bemalol: C++, C, Haskell, Java, Perl, PHP, Python ja bo’masa Ruby.

ACM-ICPC

ACM -ICPC yiliga o’tkaziladigan dunyoning eng katta dasturiy musobaqalaridan biri bo’lsa ajabmas. Musobaqa asosan IBM tomonidan student jamoalari uchun mo’ljallangan. Bellashmada asosan algoritmik ilovalash masalalari qo’llaniladi. Hududiy musobaqalar Dunyo darajasidagi Finallargacha boradi. Bu yerda faqat ikkita tildan foydalanish mumkin: C/C++ va albatta Java.

Aytishga arzigulik boshqa platformalar bular:

IEEEXtreme, hackers.org, Timus Online Judge, DWITE

Manba: efytimes.com

(1,147 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • murod

    menga yoqsi zamon bilan hamnafas bo’lishingiz! maqolani umuman aytmasa ham bo’ladi! men ham android dasturlashga qiziqib qoldim va hozir sekin sekin shug’ullanib boryapaman! sizdan bir narsani so’ramoqchiman menga biror natijalarni ko’rsata olasizmi?