troubleshoot

Dasturchilar Ko’p Qaytaradigan (muammo duch kelish payti ayniqsa) 23 Gapi!

1. “Hayronman. Manda yaxshi ishlayapti, mana qara…”

2. “Kim bo’lib login qilding? Administratormisan?”

3. “Voy, bu BAG emas, shunaqa ficher (feature).”

4. “Hmm, tushunmadim…”

5. “Hecham bunaqa bo’masiydi…to’g’risi!”

6. “Kecha ishlagandi”

7. “Qanday bo’ldi… hozir?”

8. “Tarmoq aloqasini/nastroykani tekshirdingmi o’zi?”

9. “Kiritgan DATAng yomon bo’gan, shuning uchun ishlamayapti.”

10. “Aniq qaysi biri bilmayman-u, lekin DATAngda nimadir g’alati.”

11. “Kodni bu qismiga tegmaganimga haftalar bo’ldi shekilli.”

12. “Kutubhona versiyasi (library version) noto’g’ri bo’lish kerak!”

13. “Qanaqa Internet Explorer ishlatyapsan o’zi?”

14. “Hamma narsaniyam UNIT TESTlab tashlavermimanku!”

15. “Hmmm, keyinroq to’g’irlarmiz.”

16. “Ishlashga ishlaydi…lekin biror UNIT TEST yozganim yo’q.”

17. “Kodimi birov o’zgartirganmi nima ba’lo.”

18. “Tizimingni VIRUSga tekshirmadingmi?”

19. “Ho’p ishlamasayam, qalay turishi?”

20. “Operatsion tizimingda bu versiyani ishlatolmaysanku!”

21. “Nega aynan shunday qilmoqchisan?”

22. “ (Tarmoq)Kabel ulanganmi o’zi?”

23. “Man ‘tochni’ tuzatkandim buni.”

Manba: smartfile.com

(302 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: