Screen Shot 2016-04-15 at 11.43.08 PM

Android haqida

Androidning asosiy tushunchalari

Hech shubha yo’qki, siz Android dasturlarini tuzishni boshlashga shoshilyapsiz. Axir, siz o’qiyotgan bu kitob band kod yozadiganlar uchun mo’ljallangan. Biroq, biz o’rnatish vositalarini olish va haqiqiy dasturlashni boshlashga shong’ishdan oldin, Androidning (high-level) bir necha yuqori darajadagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan tushunchalariga navbat beramiz.

Android Dasturlar

Bu kitobda Android dasturlar yozishga e’tibor qaratilgandir. Dastur – bu foydalanuvchi Play Store yoki boshqa joydan o’zining qurilmasiga yuklab olib, o’rnatishi mumkin bo’lgan narsadir. Bu dastur bir nechta (user interface) foydalanish oynalariga ega bo’lishi kerak, va unda orqa fonda (multitasking – bir vaqtda ko’p vazifalarni bajarish) ishlashga mo’ljallangan boshqa kodlar ham bo’lishi mumkin.

Bu kitobda Android operatsion tizimidagi o’zgarishlar, shuningdek qurilmalarga drayverlar yozishga e’tibor qaratilmagan. Buning uchun boshqa manbalar qidirishingiz kerak.

Bu kitob sizning ba’zi Android qurilmalari bilan qo’l tajriabaga ega bo’lishingizni, va shu sababdan siz tanigan UY (HOME) va ORQA (BACK) tugmalarni, ichki o’rnatilgan dastur Sozlanmalari, Asosiy ekran (Home screen) va dastur ilovalari (Launcher), va hokazolarni ko’zlaydi. Agar siz biror Android qurilmadan mutlaqo foydalanmagan bo’lsangiz, sizga biror qurilmaga ega bo’lishni (masalan, biror kishidan olib turishingiz yoki juda iloji bo’lmasa Geny Motion kabi virtual android emulator’larini ishlatib ko’rishingiz mumkin)ni qattiq tavsiya qilamiz va albatta  Android dasturlarini tuzishni o’rganishdan avval, uni biroz ishlatib ko’ring.

Dasturlash tillari

Android dasturlarining aksariyati faqat Java’da yoziladi. Shunday ekan, bu kitobda ko’p vaqt unga sarflanadi va cheksiz misollarni ko’rsatiladi.

Biroq, boshqa tanlovlar ham bor:

  • Siz samaradorlikka erishish uchun (mavjud kod asoslarning ustiga) dasturning qismlarini C/C++ da yozishingiz mumkin.
  • Siz dasturni butunlay C/C++ da yozishingiz mumkin, o’yinlar uchun 3D animatsiyalarni ko’proq OpenGL’dan foydlaniladi.
  • Siz dasturning ichki qismlarini HTML, CSS va JavaScriptda yozishingiz, vositalardan foydalanib bu materiallarni Play Store va tarqatsa bo’ladigan shunga o’xshash joylarda  Android dasturga o’tkazishingiz mumkin.
  • Va hokazo

Bu kitob yo’nalishida Java bo’lmagan muqobillarning qamrovi topiladi, shuningdek bu kitobda asosiy qismi Javaga e’tibor qaratilgan.

Muallif bu nuqtatda siz Javani bilasiz deb hisoblagan. Agar bilmasangiz, olg’a yurishdan oldin Java’ni o’rganishingiz kerak. Siz hamma narsani bilishngiz shart emas, chunki Java juda ulkan. Yaxshisi, quyidagilarga e’tibor bering:

  • Til asoslari (oqim nazorat qilish va hokazo)
  • Klass’lar va obyektlar
  • Funksiyalar va ma’lumotlar asoslari
  • Public(ochiq), private(yashirin) va protected (himoyalangan).
  • Static va instance scope
  • Exception’lar (istisnolar)
  • Potoklar (Thread)
  • Collection’lar
  • Generic’lar
  • Fayl (kirish/chiqarish)
  • Ko’zgu (reflection)
  • Interfeys’lar

Tarkibiy qismlar (komponentlar)

Siz dastavval Java’ni o’rganishni boshlaganingizda – Kecha yoki undan avvalmidi, Dinazavrlar yer yuzida yurganmidi – siz ehtimol shunga o’xshash narsa bilan boshlagandirsiz:

Boshqa so’z bilan aytganda, sizning dasturingizni kirish nuqtasi public static void bilan main() deb nomlangan metod, u String massivli argumentlarni qabul qiladi. U yerdan, siz nima zarur bo’lsa, shuni qilishingiz kerak.

Biroq, Java’da foydalaniladigan boshqa andoza (shablon)lar ham bor. Misol uchun, siz odatda Java servlet’da yozayotganingizda main() metodni yozmaysiz. Buning o’rniga, tarkibiy qismlarni yaratishda dasturiy qobig’ (framewrok) tomonidan taqdim qilingan ma’lum klaslardan nasl olasiz (Servlet va hokazo), keyin ba’zi metadata yozasiz tarkibiy qismlarni raqamlaysiz va ulardan qachon va qanday foydalanishni qobiq(framework)qa xabar berasiz (WEB.XML va hokazo).

Android dasturlar servlet (kichkina, server-rezident dastur u foydalanuvchi kiritmalari bo’yicha avtomat ishlaydi) yondashuviga mohiyati jihatidan yaqinroqdir. Siz public static void main() metodni yozmaysiz. Buning o’rniga, siz ba’zi Android ta’minitodagi aniqlangan turli xil dastur tarkibiy qimlaridan (component) bo’lgan asos klaslardan nasllangan klaslarni yaratasiz.

Activitilar (Faoliyatlar)

Activity foydalanuvchi interfeys oynalarini qurish blogidir. Siz androiddagi activity haqida kompyuter dasturidagi oyna yoki dialog kabi yoki klassik Web dasturlardagi sahifa kabi o’ylashingiz mumkin. Odatda, activity ekranni eng ko’p qismini egallab turadi, soat, signal uzungligi indikatorlari, va shu kabi “chrome” bitlariga joy qoldiradi.

Screen Shot 2016-04-15 at 11.13.14 PM

 Shakl 1: Ekrandagi Activity

Servislar

Activity’lar qisqa yashaydi va istalgan vaqtda tugatilishi mumkin, shuningdek foydalanuvchi orqaga tugmasini bosishi mumkin. Servislar – butunlay boshqacha bo’lib, ishlab turishi saqlanishiga mo’ljallangan, har qanday activity mustaqil qisqa muddatga kerak bo’lsa ishlatiladi. Siz shuningdek, servislardan rejalashtirilgan vazifalar uchun foydalana olasiz (Linux yoki OS X “xron ish o’rinlari”ga o’xshash) va qurilmadagi boshqa dasturlarga maxsus API chiqarish uchun, keyingi qurilmalar nisbatan ko’proq imkoniyatga ega bo’lishiga qaramay.

(1,001 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: