Python logo

Python dasturlash tili: 3.2 – dars.

O’zgaruvchilar

Literal konstantalar bilan ishlash tez orada sizni zeriktirishi mumkin. Biror ma’lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o’zgaruvchilar yordam beradi. O’zgaruvchining qiymati, o’z nomi bilan aytib turibdiki, o’zgarishi mumkin. Siz unda xohlagan qiymatni saqlashingiz mumkin.

O’zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo’lib, u yerda siz biror ma’lumotni saqlaysiz. O’zgaruvchining konstantadan farqi, o’zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o’zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma’lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o’zgartirib bo’lmaydi.

O’zgaruvchilarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  • O’zgaruvchining birinchi belgisi alifbo xarfi (ASCII simvollari katta va kichik registrda va Unicode) yoki “_” (underscore) simvoli  bo’lishi mumkin.

  • O’zgaruvchilarning qolgan qismi xarflardan (ASCII simvollari katta va kichik registrda va Unicode), “_” (underscore) simvoli va raqamlardan(0-9) tashkil topishi mumkin.

  • O’zgaruvchilar nomlashda katta va kichik registrlar farqlanadi. Masalan, myname va myName – bular boshqa-boshqa o’zgaruvchi hisoblanadi.

  • O’zgaruvchilarni to’g’ri nomlashga misollar: i, __my_name, name_23, a1b2_c3 va ixtiyoriy_simvol_utf8_δξѪђёўЩӆΞέά

  • O’zgaruvchilarni noto’g’ri nomlashga misollar: 2things, ‘ ‘, my-name, >a1b2_c3 va “o’zgaruvchi qo’shtirnoqda”

O’zgaruvchi va konstantalarni qo’llanilishiga misol:

# Fayl nomi : var.py

i = 5

print(i)

i = i + 1

print(i)

s = ”’Bu ko’p qatorlik satr.

Bu uning ikkinchi qatori.”’

print(s)

Natija:

$ python3 var.py

5

6

Bu ko’p qatorlik satr.

Bu uning ikkinchi qatori.

Bu qanday ishlaydi:

Dastlab biz 5 konstanta qiymatini ‘=’ operatori yordamida i o’zgaruvchiga o’zlashtirib olamiz.

i = 5

so’ng i o’zgaruvchi qiymatini print funksiyasi orqali ekranga chop etamiz.

print(i)

i o’zgaruvchining qiymatiga 1 qo’shamiz va o’zgaruvchining o’ziga saqlaymiz. So’ng i o’zgaruvchining qiymatini chop etamiz.

i = i + 1

print(i)

Yuqoridagi kabi satr konstanta qiymatini s o’zgaruvchiga biriktiramiz va shundan so’ng uni chop etamiz.

s = ”’Bu ko’p qatorlik satr.

Bu uning ikkinchi qatori.”’

print(s)

Eslatma: O’zgaruvchilar oddiy qiymat biriktirish bilan ishlatiladi. Hech qanday oldindan e’lon qilib qo’yish talab etilmaydi.

Mantiqiy va haqiqiy qatorlar.

Haqiqiy qator – bu siz dastur yozayotganizda ko’rib turgan qatoringiz.

Mantiqiy qator – bu python biror amal bajarish uchun bir butun deb hisoblab ko’radigan qator.

Mantiqiy qatorga misol:

print(‘Hello World!’)

shu bilan birga u bir qatorda joylashgani uchun haqiqiy qatorga ham misol bo’ladi.

Python o’z holicha, har bir haqiqiy qatorni bir mantiqiy qator deb qaraydi.

i = 5

print(i)

yoki:

i = 5;

print(i);

Agar siz bir haqiqiy qatorda bir necha mantiqiy qator yozishni istasangiz u holda ‘;’ bilan har bir mantiqiy qator tugash nuqtasini belgilashingiz lozim.

Misol uchun:

i = 5;

print(i);

yoki:

i = 5; print(i)

Bir mantiqiy qatorni bir haqiqiy qatorda yozishingiz maqsadga muvofiq. Bu bilan siz hech qanday nuqta vergulsiz dastur yozishni uddalashingiz mumkin.

Bittadan ko’p haqiqiy qatorni bitta mantiqiy qator uchun ishlatish mumkin. Bu uzun satrlarni yozishda ishlatiladi. Quyida bir necha haqiqiy qatorni jamlagan bitta mantiqiy qator keltirilgan.

s = ‘Bu satr. \

Bu uning davomi.’

print(s)

Natija:

Bu satr. Bu uning davomi.

Shunga o’xshash:

print\

(s)

yuqoridagini o’zi

print(i)

Bo’sh joy (Отступы)

Pythonda har bir qator boshidagi bo’sh joy muhim ahamiyatga ega.

Mantiqiy qator boshidagi bo’sh joy(пробелы и табуляции) shu mantiqiy qatorning bajarilish darajasini belgilaydi va amallarni guruxlashda katta ahamiyatga ega.

Bu shuni anglatadiki birgalikdagi amallar bir xil bo’sh joyga ega bo’lishlari kerak. Har bunday amallar to’plami blok deb nomlanadi. Keyingi darslarimizda bo’sh joylar qanchalar muhimligini misollar orqali ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Yodingizda saqlang! Noto’g’ri qo’yilgan bo’sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin!

Misol uchun quyidagi dasturni whitespace.py fayliga yozing va python yordamida ishga tushiring:

i = 5

print(‘Qiymat ‘, i) # Xatolik! Bo’sh joy qator boshida

print(‘Takroran, qiymat’, i)

Ishga tushirganingizda quyidagicha xatolik yuz beradi.

File “whitespace.py”, line 2

print(‘Qiymat‘, i) # Xatolik! Bo’sh joy qator boshida

^

IndentationError: unexpected indent

E’tibor bering 2-qator boshida bitta probel mavjud. Python chop etgan xatolik shuni anglatadiki dastur sintaksisi noto’g’ri va qoidalar bo’yicha yozilmagan.

Bu shuni anglatadiki siz ixtiyoriy joyda amallar blokini boshlay olmaysiz (faqat asosiy dasturda ishlatiladigan blokdan tashqari).

Probel va tabulyatsiya belgilarini bo’sh joyda aralashtirib yubormang. Bo’sh joylar uchun bir tabulyatsiya yoki to’rtta probel ishlatishga harakat qiling.

Bu uslublardan birini tanlang va muhimi doimo shu tanlangan uslubni ishlatishga harakat qiling.

Ya’na bir muhim narsa shuki, tahrir qilayotgan dastur kodingizda qaysi uslub ishlatilgan bo’lsa, siz ham o’sha uslubni ishlating.

(428 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: