skill

2016 yilda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha eng zarur ko’nikmalar

Bulut texnologiyadan to mobil ilovalargacha dasturiy injiniring doimiy va tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan soha hisoblanadi. Dasturiy injenerlar 2016-yilda raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun o’zlarining zamonaviy ko’nikmalarini qayta ko’rib chiqishga to’g’ri keladi. Garchi joriy yilning bir oyi ortda qolgan bo’lsada, ko’pchilikka yo’nalishni to’g’ri olishga foydasi tegib qolar degan ma’noda ushbu maqolani tayyorladik. Quyida, mazkur yilda dasturiy injenerlar uchun eng muhim ko’nikmalardan ba’zilarini keltirib o’tamiz.

1. MySQL va SQL

Bu ma’lumotlar haqidagi hamma narsa. Zamonaviy dasturiy injenerlar MySQL, SQL va ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalarida mutaxassis bo’lishlari mutlaqo zarur. Ma’lumotlar bazasi administratori bo’lishning o’zi yetarli emas; dasturiy injenerlar ma’lumotlar bazasini tahlil qilish, optimallashtirish va boshqarishda mutaxassis bo’lishlari kerak. Ya’ni, NoSQL kabi biroz noaniq texnologiyalarga katta talab bo’lmasligi mumkin, biroq haligacha o’ta raqobatbardosh; garchi NoSQL va shunga o’xshash texnologiyalar ko’p bo’lmaganidek, kamroq mutaxassislar bo’lsa ham.

2. Javaskript

Veb dasturlash va an’anaviy dasturiy injenerlik orasidagi farq “hizmat sifatida” texnologiyalarning keng ko’lamda qo’llanilishi hisobiga zudlik bilan yo’qolib bormoqda. Ikkala muhitga ham mos keladigan muhim bir ko’nikma – Javaskript. Javaskript vebga asoslangan ilovalar va mobil ilovalarni dasturlashda asos bo’lib qolmoqda, shuningdek turli dasturlash muhitlarida qo’llanilmoqda. Javaskript veb serverlar va vebga asoslangan muhitlar bilan yaqindan ishlaydigan dasturchilar uchun ideal dasturiy injenerlik ko’nikmasi.

3. .NET(dot Net)

Microsoft dasturiy injenerlarni o’zining xususiy kompleks muhiti bilan ta’minlaydi. Microsoft muhitlari bilan ishlashni xohlagan dasturchilar .NET, Microsoft SQL va ASP’larni yaxshi bilishlari talab etiladi. Shu turdagi muhitga ishga olayotgan menejerlar va agentliklar birinchi navbatda .NET dasturchilarini qidirishadi.

4. Linuks

Linuks hali ketmagan. Undan ancha uzoq, Linuks – ko’pchiligi Linuksga asoslangan operatsion tizimlardan foydalangan aqilli qurilmalarning kirib kelganidan boshlab ulkan uyg’onishni boshdan kechirdi. Mobil va aqilli texnologiyalar, korporativ serverlar va boshqa zamonaviy texnologiyalarga qiziqqan dasturiy injenerlar Linuks tizimlarida mutaxassis bo’lishlari talab etiladi. Linuksni bilish avval bozor Linuksdan ketib o’zgargani uchun yuqori raqobatbardosh bo’ldi.

5. Java va C++

Qaysi tilga talab kuchli ekan deb o’ylanayotgan dasturiy injenerlarning ortiqcha bosh qotirishiga hojat yo’q. Agar dasturchi birgina tilda tajribali mutaxassis bo’lib yetishadigan bo’lsa, u til Java bo’lishi kerak. Agar ular ikkita tilda ishlaydigan bo’lishsa, u tillar Java va C++ bo’lishi kerak. So’nggi yillarda C# va C’ning ikkalasiga ham talab kamaydi, lekin ular haligacha juda mashhur hamda, Piton (Python) boshqa bir kuchli talab qilinayotgan til. Zamonaviy dasturiy injenerlar 2016 yilda “hech birida mutaxassis” strategiyasini kamroq samarali deb topgan ko’rinadi; hozirda ish beruvchilar bir necha tillardan tushunchaga ega bo’lgan dasturchilardan ko’ra bir tilda kuchli mutaxassis bo’lgan dasturchilarni qidirishmoqda.

O’z ko’nikmalarini yaxshilamoqchi bo’lgan dasturiy injenerlar yuqoridagi mahoratlarga diqqat qilishlari tavsiya e’tiladi, avvalo asos tillar va ma’lumotlar bilan ishlash bo’yicha zamonaviy texnologiyalarga. Zamonaviy tashkilotlar, ayniqsa texnologiya ilg’orlashib va ixtisoslashib borayotgan bir paytda kuchli mutaxassis dasturchilar jamaosi bilan ishlashning ahamiyati ortib borayotganini ko’rishmoqda.

scott_poliziani

Scott Poliziani

manba: http://www.softwarespecialists.com/

(399 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: