htandroidmarshmallowtip3

Android 6.0 dan ba’zi yangiliklar

  1.  O’rnatilgan ilovalarda android uskunasidagi maxsus ruhsatlarni “runtime” vaqtida o’zgartirish (ruhsat berish yoki bermaslik).
  2. Doze(mudroq). Zaryadlashdan uzilganda va ekran o’chirilganda o’tadigan holati. Bunda davriy ravishda vaqt oraliqlarida android uyg’onib ma’lum muddat bajarilishi kerak bo’lgan amallarni bajaradi(sinxroniztsiya, tizim amallari…).
  3. Apache HTTP Client dan voz kechildi. Android o’zining HttpURLConnection APIni taklif qilmoqda.
  4. OpenSSL dan BoringSSL ga o’tildi. Ilovalarida c, c++ da yozilgan openSSL kriptografik kutubxonasi borlar xushyorligini oshirishlari zarur.
  5. Android uskunasining unikal id si kerak bo’lgan ilovalarni qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ildi. Kim Bluetooth yoki WiFi API’lari yordamida MacAddress’ni olgan bo’lsa, android 6 dan boshlab bir xil 02:00:00:00:00:00 qiymatni olishga tayyorlanaversin.
  6.  Audio ovozni sozlashga oid API’lar o’zgardi.
  7. Matnni belgilab uni ustida biror amal bajarmoqchi bo’lganlarga suzuvchi toolbar(floating toolbar) widget’i qo’shildi.
(308 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: