microsoft-word-2013

Word 2013 – To’qqizinchi dars

Satr bo’limi – To’rtinchi qism

word-6-000

  1. Matn yo’nalishi belgilari komputerga arab alifbosi kabi o’ngdan chapga yoziladigan tillar o’rnatilganda paydo bo’ladi. Agar sizning komputeringizda faqat o’zbek, ingliz, rus tillari kabi chapdan o’ngga yoziladigan tillar o’rnatilgan bo’lsa Word dasturida odatda bu belgilar paydo bo’lmaydi. Shuning uchun buni alohida ko’rib chiqmaymiz.
  2. Saralash (Сортировка) ro’yxatni alifbo, qiymat, sana bo’yicha (текст, число, дата) (1) o’sish yoki kamayish tartibida (по возрастанию, по убыванию) (2) saralash imkonini beradi.

9-001

 

Misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi hududiy bo’linmalarining maydonlari ro’yxatini ko’rib chiqamiz. Saralash uchun ro’yxat belgilanadi (3) va “Saralash” (Сортировка) (4) amali bosiladi.

9-002

Paydo bo’lgan saralash oynasidan foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan parametrlar (1, 2) tanladi.

9-003

Alifbo bo’yicha o’sish tartibida saralangan ro’yxat quyidagicha ko’rinish oladi:

9-004

Qiymat bo’yicha kamayish tartibida saralangan ro’yxat quyidagicha ko’rinish oladi:

9-005

Demak, eng katta maydonga ega bo’linma bu – Qoraqolpog’iston Respublikasi bo’lib, maydoni 160,000 km2 ni tashkil etadi.

Agar ro’yxat raqamlangan bo’lsa, saralash amalidan keyin raqamlash yangi tartib asosida bo’ladi.

Saralashdan avvalgi holat:

9-006

Qiymat bo’yicha o’sish tartibida saralangan yangi ro’yxat:

9-007

Sana bo’yicha saralash ham xuddi yuqoridagi kabi amalga oshiriladi.

 

(273 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: