microsoft-word-2013

Word 2013 – Sakkizinchi dars

Satr bo’limi – Uchinchi qism

word-6-000

4. Xat boshini kichraytish, kengaytirish (Уменьшить отступ, увеличить отступ)

Xat boshini kengaytirishning bir nechta usullari bor:

1-usul.

Matnning birinchi qatoridan tashqari istalgan qatorning boshiga kursorni olib borib, TAB tugmasini bosish. Bundagi o’zgarish keyingi xat boshigacha bo’ladi.

2-usul.

Matnning o’zgartiriladigan qismi belgilab keyin TAB tugmasini yoki Satr (Абзац) qismidagi Xat boshini kengaytirishni (Увеличить отступ) bosish.

0001

3-usul.

Matnni belgilab yoki kursorni matnning kerakli joyiga olib borib, Miqyosdagi (Линейка) Xat boshi belgisiga (1) ikki marta bosiladi.

001

Paydo bo’lgan Xat boshi sozlamalariga (2) kerakli o’lchamlar kiritiladi.

002

4-usul.

Matnni belgilab yoki kursorni matnning kerakli joyiga olib borib, Sahifa (3) bo’limining (Разметка страницы) Satr qismiga (Абзац) Xat boshi (4) o’lchami kiritiladi.

003

Quyidagi matn misolida xat boshining uch xilini ko’rib chiqamiz.

Matnning birinchi qismida xat boshi 0 sm, keyingisida 0,64 sm, oxirigisida 1,25 sm.

004

(208 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: