microsoft-word-2013

Word 2013 – Uchinchi dars

UCHINCHI DARS

Muqaddam saqlangan hujjatni ochish

Buning quyidagi usullarini ko’rib chiqamiz:

1-usul:

Hujjat joylashgan jildga kirib, uning ustiga ikki marta sichqoncha bilan bosiladi.

Misol uchun, agar “Mening hujjatlarim” (Мои документы, My Documents) jildiga saqlagan bo’lsangiz, shu jildga kirib, hujjatni ochishingiz mumkin.

birinchi usul

2-usul:

Boshlash” (Пуск, Start) menyusiga kirib, Word dasturining yon qismida joylashgan uchburchak belgiga bosib, oxirgi foydalanilgan hujjatlar orasidan o’zimizga kerakligini ochamiz. Bu hujjatni “Boshlash” (Пуск, Start) menyusiga hujjat nomini kiritib, topilgan fayllar orasidan yoki shu menyudagi kompyuterda foydalanilgan “So’nggi fayllar” (Недавние файлы, Recent Files) orasidan ham topishingiz mumkin.

upload 22

3-usul:

Word dasturni ochganingizda chap tomonda “So’nggilari” (Недавние, Recent) panelida so’nggi fayllar taqdim etiladi va ular orasidan o’zingizga kerak bo’lgan faylni topishingiz mumkin.

upload 33

4-usul:

Dasturni to’liq yuklab, “Fayl” menyusidan “Ochish” (Открыть, Open) tanlaysiz. Buni Ctrl+O tugmachalari yordamida ham bajarish mumkin.

4-usul

(475 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: