microsoft-word-2013

Word 2013 – Ikkinchi Dars

IKKINCHI DARS

1.1. Dasturning umumiy ko’rinishi 

Word dasturining umumiy ko’rinishi quyidagicha:

  1. Menyulari (Меню, Menu)
  2. Tasma (Лента, Ribbon)
  3. Hoshiya (Поля, Margins)
  4. Sahifa raqami (Номер страницы, Page number)
  5. So’zlar soni (Число слов, Number of words)
  6. Imloni tekshirish va amaldagi til (Правописание и Язык, Spelling and Language)
  7. Word sahifasi (Рабочая страница Word, Working Paper of Word)
  8. Miqyos (Масштаб, Scale)

05

 

1.2. Faylni saqlash usullari

Dasturni ochib, Word Sahifasida kerakli o’zgartirishlarni kiritganingizdan keyin, siz bu sahifani saqlab qo’yishingiz mumkin. Buning bir nechta usullarini ko’rib chiqamiz:

1-usul.  Word dasturining yuqori chap qismida joylashgan “Saqlash” tugmasi bosiladi.

2-usul. Dasturning yuqori chap qismidagi «Файл» menyusidan (2) “Saqlash” (Сохранить)ni tanlaymiz.

06

 

Shu yerda “Saqlash” va “Quyidagidek saqlash” (Сохранить, Сохранить как…) amallari orasidagi farqni izohlab ketmoqchimiz.

“Saqlash” (Сохранить) amali avval saqlangan sahifaga keyingi kiritilgan o’zgartirishlarni saqlaydi. Bunda fayl nomi o’zgarmaydi.

“Quyidagidek saqlash” (Сохранить как…) esa sahifaga kiritilgan oxirgi o’zgartirishlarni yangi fayl sifatida boshqa nom bilan saqlaydi.

Agar yangi sahifa ochib ishlayotgan bo’lsangiz va u avval saqlaqmagan bo’lsa, “Saqlash” (Сохранить) amali xuddi “Quyidagidek saqlash” (Сохранить как…) amali kabi bir xil bo’ladi

(!) Bu amallar uchun tezkor tugmachalar quyidagilardir:

“Saqlash” (Сохранить)                                               – Ctrl+S

“Quyidagidek saqlash” (Сохранить как…)                  – F12

 

3-usul. Dasturdan chiqmoqchi bo’lganingizda Word sahifani saqlashni taklif qiladi:

07

Agar “Bekor qilish” («Отмена»)ni tanlasangiz, sahifadan chiqmasdan, dasturda sahifangiz saqlanmasdan, kiritilgan o’zgartirishlar o’z holicha qolgan holda qolasiz.

Agar “Saqlanmasin” («Не сохранять»)ni tanlasangiz, dasturdan sahifangizdagi barcha kiritilgan o’zgartirishlaringizni bekor qilgan holda chiqib ketasiz.

“Saqlash” («Сохранить»)ni tanlasangiz, sahifani saqlash uchun keyingi bosqichga o’tasiz.

(Bu 3-usuldan foydalanishni maslahat bermaymiz, chunki, adashib “Saqlanmasin” («Не сохранять») menyusini tanlab, kiritilgan barcha o’zgartirishlardan mahrum bo’lishingiz mumkin).

Yuqoridagi usullarning xohlagan birini qo’llaganingizdan keyin dastur sizga sahifani saqlash uchun oxirgi ishlatilgan papkalarni (1) taklif qiladi. Agar siz sahifani bu taklif qilingan joydan boshqa joyga saqlamoqchi bo’lsangiz, unda (2) raqam bilan ko’rsatilgan yorliqqa bosasiz.

08

Keyin quyidagi menyu paydo bo’ladi.

09

Sahifaning nomini kirib (Имя файла), Saqlash tugmasini bosasiz (Сохранить). Agar saqlash muvaffaqqiyatli bajarilsa, siz Word dasturiga qaytasiz va dasturning yuqori qismida Microsoft Word so’zining yonida siz saqlagan nom turadi. Misol uchun, (1) Birinchi dars – Microsoft Word.

10

Dasturda chiqish uchun yuqori o’ng qismdagi X ni, yoki ALT+F4 tugmachalarini bosasiz.

(642 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: