microsoft-word-2013

Word 2013 – Birinchi Dars

BIRINCHI DARS

Word 2013 dasturini ochish.

Hozir kompyuteringizga o’rnatilgan Word 2013 dasturini ochishning bir nechta usullarini ko’rib chiqamiz.

1-usul:

Ish stolidagi Word 2013 dasturining yorlig’iga sichqoncha yordamida ikki marta bosiladi (1).

2-usul:

«Пуск» (“Start”) menyusi ochib, eng ko’p ishlatilgan, yoki shu menyuga biriktirilgan, yoki «Панель задач» (“Taskbar”) dasturlar qatoridagi Word 2013 ning ustiga sichqoncha yordamida bir marta bosiladi (2).

01

 

3-usul:

«Пуск» (“Start”) menyuga kirib, “Hamma dasturlar” ( Все программы, All programs) orqali Microsoft Office 2013 ning ichidan Word 2013 tanlanadi.

02

4-usul:

«Пуск» (“Start”) menyusiga Word so’zini kiritib (Win tugmasini bosib, Word so’zini terasiz), taqdim etilgan dasturlar orasidan Word 2013 tanlanadi.

03

 

5-usul:

“Bajarish xizmati” (Win+R, Выполнить, Run) yordamida winword so’zini kiritib ochiladi.

04

 

Bu usullaring oxirgi ikkitasi umumiy bo’lib, dasturni ochish uchun uning qayerda joylashganligini bilishingiz (umuman olganda qidirib o’tirishingiz) shart emas.

(1,316 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: