dasturchi_images

Word faylini PowerPointga o’tkazmoqchimisiz?

dasturchi_images

Wordda tayyorlagan materialingizni PowerPoint taqdimotiga o’tkazish uncha qiyin bo’lishi shart emas. Bugungi tavsiyamiz nusxa ko’chirib tushirish (COPY/PASTE) kabi qo’l mehnatidan halos etadi degan umiddamiz.

Jarayon:

PowerPoint’ga kiring

Yangi taqdimot uchun birinchidan File , so’ng esa New ni (yoki CTRL+N) bosing va

Insert ga kirib, Slide ichidagi New Slide degan tugma bosiladi. Ro’yxat paydo bo’ladi.

Ro’yxatdan Slides from Outline deganini tanlang. Vassalom.

Muhim: PowerPoint’ga Word faylini qo’yishdan oldin, dokument kerakligicha formatlanganiga e’tibor qiling.

Agar birorta ham sarlavha usulini qo’llamayotgan bo’lsangiz, PowerPoint har bir paragrafni alohida slaydlarga joylashtiradi. Shuning uchun ham, bir slaydda turishi kerak bo’lgan paragraflarni to’g’ri joylashtirish esdan chiqmasin.

Mabodo siz sarlavha usullarini (heading 1, heading 2, va h.k) ishlatayotgan bo’lsangiz, PowerPoint har bir navbatdagi sarlavha uchun yangi slayd tuzib chiqadi.

manba: wordpress.com

Abdulaziz Qodirov.

(378 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: