ms-office-alternatives-2010

Sizga “Office” dasturlari kerakmi?

ms-office-alternatives-2010

Office dasturlari komputer uchun eng zarur dasturlardan bo’lib, hozirgi kunda komputer foydalanuvchilarining aksari Microsoft kompaniyasining MS Office dasturlaridan foydalanishadi. Microsoft kompaniyasi bu sohada katta tajribaga ega bo’lib, dasturlarini doimo yangilab, foydalanuvchilari uchun qulay, oson va ishonchli bo’lishini ta’minlash ustida katta ishlar olib boradi. So’nggi yillarda bu kompaniya tomonidan foydalanuvchilar e’tiboriga havola qilingan MS Office 2013 paketi juda muvaffaqqiyatli chiqdi. Lekin, shunga qaramay bu dasturlarnining narxi hammaga ham to’g’ri kelavermaydi. Microsoft Office dasturlarining bepul muqobillari sifatida intenet nashrlarida quyidagi dasturlar aytib o’tiladi:

  • Open Office — bu dastur Mac Os, Windows va Linux tizmlarida ishlaydi. Linux tizimlarida, xususan Linux Ubuntu’da Libre Office dasturi sifatida rivojlantirilmoqda.
  • Google Docs – online ofis dasturlaridan foydalanish mumkin.
  • Kingsoft Office – bu dastur bo’yicha shaxsiy tajriba borligi bois quyida batafsilroq so’z yuritiladi

Ayniqsa, Kingsoft kabi kompaniyasi o’zining MS Office dasturlariga munosib raqobatbardosh dasturlarini foydalanuvchilar uchun bepulga havola qilib turgan paytda, ko’pchilik iqtisodiy tomonini o’ylab qimmat dasturlardan voz kechadi.

Kingsoft_office_2013_screenshot

Kingsoft Office dasturlari to’plamlarini Windows, Linux, iOS, Android OS tizimlari uchun mavjud bo’lib, hozirgi ko’rinishi MS Office 2007, 2010 ga o’xshab ketadi va qulaylik tomonidan deyarli qolishmaydi. To’plam o’z ichiga quyidagi dasturlarni oladi: Kingsoft Writer(MS Word muqobili), Kingsoft Presentation (MS Power Point muqobili) va Kingsoft Spreadsheet (MS Excel muqobili). Kingsoft Office dasturlarining formati .wps bo’lib, qolgan MS Office formatlarida ham ishlaydi.

dasturchi.uz sayti Sizga ham Kingsoft Office dasturlaridan foydalanib ko’rishni maslahat beradi!

Kingsoft Office to’plamini quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:

http://www.kingsoftstore.com

yuklab olish uchun havola:
http://www.kingsoftstore.com/download/kingsoft_office_suite_professional_2013_PN_.exe
61.4 mb

Kingsoft_Writer

800px-Kingsoft_Spreadsheets

800px-Kingsoft_Presentation

Internet ma’lumotlari asosida

Bekzod Ahmadali tayyorladi.

(2,098 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: