office_shortcuts

Word va Excel uchun 15 ta ajoyib Qisqa Klaviatura Buyruqlari

Word uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari

Ctrl+Shift+G (So’z Sanash) – Bloglar yoki Twitter uchun yozayotganingizda so’zlarni sanashingiz kerakmi? Ctrl+Shift+G dan foydalanish so’z va belgilarni bo’sh joyni hisobga olgan va olmagan holatda sanash imkonini beradi. Shuningdek, u paragraf va qatorlarni ham sanab beradi.

Ctrl+Alt+O (Reja Ko’rinish) Ctrl +Alt+O bilan hujjat ko’rinishini reja ko’rinishiga o’zgartiring. Bu master hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi hamda, sarlavha orqali yashirish va kengaytirish imkonini beradi.

Ctrl+Alt+P (Chop qilishi sahifasi) – Boshqa ixtiyoriy ko’rinishdan dastlabki chop qilish sahifasiga qaytish uchun Ctrl+Alt+P ni bosing.

Ctrl+Shift+* (Ko’rsatish/Yashirish) – Paragraf ishoralari va boshqa chop qilinmaydigan belgilarni Ctrl+Shift+* bilan Ko’rsatish/Yashirish orqali ko’ring.

Alt+Shift+P (Sahifa raqamlarini kiritish) – Hujjat ichida xohlagan joyda joriy sahifaning tartib raqamini kiritish uchun Alt+Shift+P ni bosing. Bu ayniqsa kolontitul va pastki kolontitullarda juda foydali.

Shift+Delete (Ustun/Qatorni o’chirish)Shift+Delete ni bosish orqali Jadvalning tanlangan Ustun va Qatorlarini o’chirish. Tanlash uchun ustun tepasiga yoki qator boshiga kursorni olib boring va qora block strelka ko’ringanda bosing.

Excel uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari

Har kim bilishi foydali bo’lgan ushbu qulay Excel navigatsiyalarini qo’llash bilan o’tkazgichni ishlatishni to’xtating!

Home (Qator boshiga) – Qatordagi chapdan eng avvalgi katakchaga qaytish uchun klavituradagi Home tugmachasini bosing (odatda bu A ustun bo’ladi).

Ctrl+Home (Tepadagi chap burchak) – Tepadagi chap burchakka borish uchun Ctrl+Home klaviaturalari kombinatsiyasidan foydalaning (odatda A1 katakchasi bo’ladi).

Ctrl+End (Pastki o’ng burchak) – Ma’lumotlaringizning pastki o’ng  burchagiga borish uchun Ctrl+End ni bosing.

Ctrl+8 (Reja ko’rinishni Ko’rsatish/Yashirish) – Subtotal rejimida tuzilma darajalaringizni yo’qotib qo’ydingizmi? Hozirgi subtotallaringizni ko’rinali saqlab qolgan holda ularni qaytarish (yoki yashirish) uchun Ctrl+8 dan foydalaning.

Ctrl+9 (Qatorni yashirish)Ctrl+9 bilan qatorni tez yashiring (Ishora: Yashirilgan qatorni ko’rsatish uchun Shift ni qo’shing). U bir necha qatorlarda ham ishlaydi. Yashirilgan qatorlarni osongina ochsa bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlarni “himoyalash” uchun buni ishlatmang.

Ctrl+T (Jadval yaratish)Ctrl+T bilan ro’yhatning ichida xohlagan joydan jadval yarating. Siz hamma kataklarni tanlashingiz shart emas, keyin u jadvalni kengaytirishingiz mumkin.

Shift+F11 (Yangi varaq ochish)Shift+F11 bilan faol varaqning o’ng tomonidan yangi varaq qo’shing. Ikkita yoki ko’proq kerakmi? Sizga kerak bo’lgancha varaqlarni tanlang, so’ng qisqa buyruqdan foydalaning.

Ctrl+F1 (Lentani yashirish) – Ctrl+F1 ni bosish bilan lentani yashirish orqali ekran maydonini kengaytiring. Bu sizga menyular lentasidan ko’ra ko’proq ma’lumot ko’rishni xohlaganingizda juda qulay!

Ctrl+Shift+O (Izohlarni topish) – Ctrl+Shift+O dan foydalanib izoh bo’lgan barcha kataklarni topish va tez o’chirish. Agar siz barcha izoh ko’rsatkichlarini yashirgan bo’lsangiz juda zo’r qisqa buyruq.

Aslida klaviatura orqali amalga oshiriladigan qisa buyruqlar juda ko’p. Ularni bilish va amalda qo’llash vaqtni ancha tejaydi. Siz bilgan shunga o’xshash ajoyib qisa klaviatura buyruqlari bu yerda qayd etilmagan bo’lsa izohda qoldirishingiz mumkin.

(815 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: