excel_logo

2.1.1. Tasma (Lenta)

Excelni ochganingizda u tasma (lenta)ning Asosiy (Home, Главная) menyusini ko’rsatadi. Tasmani kichiklashtirish va sozlashni o’rganamiz.

Menyular

Tasmadagi menyular quyidagilar: Fayl (File, Файл), Asosiy (Home, Главная), Kiritish (Insert, Вставка), Sahifa Tartibi (Page Layout, Разметка страницы), Formulalar (Formulas, Формулы), Ma’lumotlar (Data, Данные), Ko’rib Chiqish (Review, Рецензирование) va Ko’rinish (View, Вид). Asosiy menyu Excelda eng ko’p ishlatiladigan buyruqlarni o’z ichiga olgan.

ribbon_1

Izoh: Excel 2007 dagi Office tugmasini o’rniga Excel 2010 yoki undan keyingi versiyalarda Fayl menyu chiqadi.

Tasmani kichraytirish

Ekranda ko’proq joy hosil qilish uchun siz tasmani kichraytira olasiz. Tasmaning istalgan joyida o’ng tomonni bosing va Tasmani kichraytirish (Свернуть ленту, Minimize the Ribbon)ni ustiga bosing (yoki CTRL + F1 ni bosing).

ribbon_2

Natija.

ribbon_3

 

Tasmani o’zingiz istagandek o’zgartirish

2010 va keyingi versiyalarda, siz o’zingizning shaxsiy menyungizni yaratib, unga buyruqlarni qo’sha olasiz. Agar siz Excelda yangi bo’lsangiz, bu paragrafni qoldirib ketishingiz mumkin.

  1. Tasmaning istalgan joyida o’ng tomonni bosing va Tasmani sozlash (Настройка ленты…, Customize the Ribbon)ni bosing.ribbon_4
  2. Создать вкладку (New Tab) tugmasini  bosing.ribbon_5
  3. O’zingiz istagan buyruqlarni qo’shing.ribbon_6
  4. Menyu va guruhni qayta nomlash.ribbon_7

Izoh: Siz yana, mavjud menyularga yangi guruhlarni qo’sha olasiz. Biror yorliqni yashirish uchun, belgilash katakchasidan tanlashni olib tashlang. Tasma va Tez Kirish (Панель быстрого доступа, Quick Access Toolbar) foydalanish panelidagi barcha qo’shimcha o’zgarishlarni o’chirish uchun (Сброс, Сброс всех настроек, Reset, Reset all customizations) tugmalarini bosing.

Natija.

ribbon_8

 

(181 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: