excel_logo

1.6. Joylashtirish Imkoniyatlari (Параметры вставки, Paste Options)

Bu misol Exceldagi turli xil joylashtirish imkoniyatlarini ko’rsatadi. Quyidagi B5 katak SUM (СУММ) funksiyani o’z ichiga olgan bo’lib, B2:B4 sohani yig’indisini hisoblaydi. Bundan tashqari, biz bu katakning fon rangini o’zgartirdik va chegara qo’shdik.

vst1

Joylashtirish

Joylashtirish imkoniyatlari barcha narsalarni joylashtiradi.

  1. B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing keyin Copy (Копировать)ni bosing (yoki CTRL +c ni bosing).
  2. Undan keyin, F5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing va “Paste options” (Параметры вставки) ni tagida Paste (Вставить) ni bosing (yoki CTRL + v ni bosing).

vst2

Natija.vst3

Qiymatlar

Qiymatlar uslubi formulaning natijalarini joylashtiradi.

  1. B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
  2. So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Qiymatlarni (Values) tanlang.vst4

Natija.vst5

Izoh: B5 katakdagi formulani o’zining natijalariga tez almashtirish uchun, B5 ni tanlang, F2 ni bosing (formulani tahrir qilish) va F9 ni bosing.

Formulalar

Formulalar uslubi faqat formulani joylashtiradi.

  1. B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
  2. So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Formulalarni (Formulas) tanlang:vst6

Natija.vst7

Formatlash

Formatlash usuli faqat formatni o’zini joylashtiradi.

  1. B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
  2. So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Formatlashni (Formatting) tanlang:vst8

Natija.vst9

Izoh: Format Painter (Формат по образцу) formatdan yanada tezroq nusxa olib qo’yadi.

Maxsus Joylashtirish

Maxsus Joylashtirish  (Paste Special, Специальная вставка) muloqot qutisi ko’plab joylashtirish imkoniyatlarini taklif qiladi. Maxsus Joylashtirish qutisini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajaring.

  1. B5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Copy (Копировать) ni bosing (yoki CTRL + c ni bosing).
  2. So’ng, D5 katakni tanlang, o’ng tomonni bosing, keyin Joylashtirish Imkoniyatlaridan (Paste Options, Параметры вставки ) Maxsus Joylashtirishni (Paste Special, Специальная вставка) tanlang:vst10

Mahsus Joylashtirish qutisi quyidagicha ko’rinadi.vst11

Izoh: Bu yerda siz yuqorida ta’riflanganlardan boshqa joylashtirish imkoniyatlarini ham topaolasiz.

 

(123 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: