excel_logo

1.2. Formula va Funksiyalar

Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud.

Misol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan.

f1

Misol uchun, quyidagi A3 katak A1:A2 sohaning yig’indisini hisoblaydigan SUM funksiyasini o’z ichiga olgan.

f2

Formula kiritish

Formula kiritish uchun quyidagilarni ketma-ket bajaring.

  1. Bir katakni belgilang.
  2. Excel siz formula kiritmoqchi ekanligingizni bilishi uchun barobar (=) belgisini kiriting.
  3. Misol uchun, A1+A2 formulani yozing.

f3

Maslahat: A1 va A2 deb yozish o’rniga, oddiygina A1 va A2 kataklarni tanlang.

4. A1 katakning qiymatini 3 ga o’zgartiring.

f4

Excel avtomatik tarzda A3 katakning qiymatini qayta hisoblaydi. Bu Excelning eng kuchli xususiyatlaridan biri!

Formulani tahrirlash

Siz bir katakni tanlaganingizda, Excel o’sha katakning qiymati yoki formulasini formulalar qatorida ko’rsatadi.

f5

1. Formulani tahrirlash uchun, formulalar qatoriga bosing va formulani o’zgartiring.

f6

2. Enter tugmasini bosing.f7

Amallar tartibi

Excel odatdagi standart tartib bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Agar formulaning biror qismi qavs ichida bo’lsa, o’sha qism avval hisoblanadi. Keyin ko’paytirish va bo’lish amallarini bajaradi. Ular tugagandan so’ng, formuladagi qo’shish va ayirishni bajaradi. Quyidagi misolga qarang.

f8

Dastlab, Excel ko’paytirishni bajaradi (A1 * A2). Keyin, A3 ning qiymatini chiqqan natijaga qo’shadi.

Boshqa bir misol:

f9

Excel avval, qavs ichidagilarni hisoblaydi. Keyin, chiqqan natijani A1 katakning qiymatiga ko’paytiradi.

Formuladan Nusxa olish/Qo’yish

Siz formuladan nusxa ko’chirganingizda, Excel katak raqamlarini nusxa ko’chirilgan katakka mos yangi katak raqamlariga avtomatik tarzda o’zgartirib chiqadi. Buni tushunish uchun quyidagilarni bajaring.

1. Quyida ko’rsatilgan formulani A4 katakka kiriting.

f10

2a. A4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing, va Copy (Копировать) (yoki CTRL + c)ni bosing…

f11

…so’ng, B4 katakni belgilang, o’ng tomonni bosing va ‘Paste Options:’ (Параметры вставки)ni tagidagi “Paste” (Вставить)ni (yoki CTRL + v ni) bosing.

f12

2b. Shuningdek, siz formulani B4 katakka sudray olasiz. A4 katakni tanlang, uning pastki o’ng burchagiga bosing va uni B4 katakka sudrang. Bu ancha oson va aynan bir xil natijani beradi!

f13

Natija. B4 katakdagi formula B ustundagi qiymatlar bo’yicha hisoblaydi.

f14

Funksiya kiritish

Har bir funksiya bir xil tuzilishga ega. Misol uchun, SUM(A1:A4). Bu funksiyaning nomi SUM (yig’indi). Qavs ichidagi qism (argument) shuni anglatadiki, biz Excelga qiymat kiritiladigan A1:A4 sohani beramiz. Bu funksiya A1, A2, A3 va A4 kataklardagi qiymatlarni qo’shadi. Har bir ish uchun qaysi funksiya va qaysi argumentlarni ishlatishni eslab qolish oson emas. Hayriyatki, Exceldagi Formula kiritish funksiyasi bu borada sizga yordam beradi.

Funksiya kiritish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

  1. Bir katakni tanlang.
  2. Funksiya Kiritish tugmasini bosing.

f15

“Funksiya Kiritish” muloqot oynasi ko’rinadi.

3. Biror bir funksiyani qidiring yoki mavjud kategoriyalardan biror funksiyani tanlang. Masalan, “Statistical” kategoriyasidan COUNTIF ni tanlang.

f16

4. OK tugmasini bosing.

‘Function Arguments’ (Funksiya Argumentlari) muloqot oynasi ko’rinadi.

5. Range (Soha) katakchasi ichiga bosing va A1:C2 sohani tanlang.

6. “Criteria” katakchasi ichiga bosing va >5 ni kiriting.

7. OK tugmasini bosing.

f17

Natija. Excel qiymati 5 dan kattaroq bo’lgan kataklar sonini sanaydi.

f18

Eslatma: Funksiya Kiritish imkoniyatidan foydalanish  o’rniga, oddiygina =COUNTIF(A1:C2,”>5″)ni yozing. Qachonki =COUNTIF( ga yetib kelganingizda A1:C2 ni yozish o’rniga A1:C2 sohani tanlang.

(552 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: