Close
excel_logo

3.1. Hisoblash va Jamlash Funksiyalari

Excelda eng ko’p foydalaniladigan funksiyalar bu – hisoblash va jamlash funksiyalaridir. Siz bir yoki bir necha mezonlar asosida hisoblash va jamlashni amalga oshira olasiz.

Hisoblash (COUNT, СЧЁТ)

Sonlarni o’z ichiga olgan kataklar sonini hisoblash uchun COUNT (СЧЁТ) funksiyasidan foydalaning.count1

Shart asosida hisoblash (COUNTIF, СЧЁТЕСЛИ)

Kataklarni bir mezon asosida hisoblash uchun (masalan, 9 dan kattaroq), COUNTIF (СЧЁТЕСЛИ) funksiyadan foydalaning.count2

Bir necha shartlar asosida hisoblash (COUNTIFS, СЧЁТЕСЛИМН)

Bir nechta mezonlar asosida kataklar sonini hisoblash uchun (masalan, yashil va 9 dan kata) COUNTIFS (СЧЁТЕСЛИМН) funksiyalaridan foydalaning.count3

Jamlash (SUM, СУММ)

Kataklar sohasini jamlash uchun, SUM (СУММ) funksiyasidan foydalaning.sum1

Shart asosida jamlash (SUMIF, СУММЕСЛИ)

Kataklarni bir mezon asosida jamlash uchun (masalan, 9 dan kattaroq), SUMIF (СУММЕСЛИ) funksiyasidan foydalaning (ikkita argumentli).sum2

Quyidagi kataklarni bir mezon asosida jamlash uchun (masalan, yashil), mana bu SUMIF (СУММЕСЛИ) funksiyasidan foydalaning (uchta argumentli, ohirgi argument bu – jamlash uchun soha).sum3

Bir necha shartlar asosida jamlash (SUMIFS, СУММЕСЛИМН)

Bir necha mezonlar asosida kataklar qiymatini jamlash uchun (masalan, ko’k va yashil), quyidagi SUMIFS (СУММЕСЛИМН) funksiyadan foydalaning (birinchi argument bu – jamlash uchun soha).sum4

Umumiy eslatma: xuddi shu tarzda, bir yoki bir necha shartlar asosida kataklarni o’rtacha qiymatini topishda AVERAGEIF (СРЗНАЧЕСЛИ) va AVERAGEIFS (СРЗНАЧЕСЛИМН) funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin.

(193 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: