excel_logo

1.14. Tez To’ldirish (Flash Fill, Мгновенное заполнение)

Excel 2013 yoki unda keyingi versiyalarda ma’lumotlarni avtomatik ajratib olish yoki birlashtirish uchun flash fill (Мгновенное заполнение) imkoniyatidan foydalaning.

Ajratib olish

  1. Misol uchun, A ustundan sonlarni ajratib olish uchun flash fill (мгновенное заполнение) dan foydalaning.
  2. Avvalo, B1 katakka 4645 qiymatini kiritish orqali Excelga nima xohlayotganingizni ayting.flash_fill1
  3. Data (Данные) yorlig’ida, Data Tools (Работа с данными) bo’limida, Flash Fill (Мгновенное заполнение)ni bosing.flash_fill2Natija:flash_fill3Izoh: Excel formulalar kiritmaydi, agar A ustundagi matnni o’zgartirsangiz, Excel B ustundagi sonlarni yangilamaydi.

Birlashtirish

  1. Misol uchun, A ustundagi familiyalar va B ustundagi ismlarni birlashtirib email manzil hosil qilish uchun flash fill (мгновенное заполнение)dan foydalaning.
  2. Avval, C1 katakka to’g’ri email manzil kiritish orqali Excel’ga nima xohlayotganingizni ayting.flash_fill4
  3. Data (Данные) yorlig’ida, Data Tools (Работа с данными) bo’limida, Flash Fill (Мгновенное заполнение)ni bosing.flash_fill5Natija:flash_fill6Izoh: yana bir bor, Excel formulalar kiritmaydi, agar A yoki B ustundagi matn qiymatlarni o’zgartirsangiz, Excel C ustundagi email manzillarni yangilamaydi. O’zgarishlar aks etishi uchun, yuqoridagi amalni qaytadan bajarishingiz kerak.
(156 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: