excel_logo

1.12. Almashtirish (Transpose, Транспонировать)

Excel’da qatorlarni ustunlarga yoki ustunlarni qatorlarga o’zgartirish uchun Maxsus Joylashtirishning Almashtirish (Paste Special Transpose, Специальная вставка Транспонировать) imkoniyatidan foydalaning. Shuningdek, TRANSPOSE funksiyasidan ham foydalana olasiz.

Maxsus O`girib Joylashtirish (Paste Special Transpose, Специальная вставка Транспонировать)

Ma’lumotni o’girish uchun quyidagi amallarni bajaring.

  1. A1:C1 sohani belgilang.
  2. O’ng tomonni bosing va Copy (Копировать, CTRL+c)ni bosing.transpose1
  3. E2 katakni belgilang.
  4. O’ng tomonni bosing, so’ngra “Maxsus joylashtirish” (Paste Special, Специальная вставка)ni bosing.
  5. Transpose (Транспонировать) ni belgilang.transpose2
  6. OK ni bosing.transpose3

Transpose (ТРАНСП) Funksiyasi

Transpose (ТРАНСП) funksiyasini qo’shish uchun quyidagilarni bajaring.

  1. Avval, yangi kataklar sohasini belgilang.transpose4
  2. Agar Excelning inglizcha versiyasida sihlayotgan bo’lsangiz TRANSPOSE( , agar ruschasida ishlayotgan bo’lsangiz ТРАНСП( deb yozing.
  3. A1:C1 sohani tanlang va qavsni yoping.transpose5
  4. CTRL + SHIFT + ENTER ni bosish bilan yakunlang.transpose6

Izoh: Formulalar qatori bu formulani shaklli qavs {} ichiga olib, uning massiv formula ekanini ko’rsatmoqda. Bu massiv formulani o’chirish uchun E2:E4 sohani belgilang va Delete tugmasini bosing.

(13 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: