steve

Stiv Jobs. Biznesmen va texnologik faylasuf. Apple Inc kompaniyasi asoschisi

Stiv Jobs, Amerikalik biznesmen va texnologik faylasuf, odamlarga ko’proq Apple Inc kompaniyasiga asos solish va uni boshqarish bilan ko’proq ma’lum. U 1955 yilda, 24-fevralda dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Joan Kerol Shibel va asli Suriyalik Abdulfattoh Jandoli- Viskonsin Universitetida tahsil olishgan. Stivning oilasidagi kelishmovchiliklar tufayli, tug’ilishi bilanoq uni boqib olishlikka berishadi.

Tavallud ko’rishi bilanoq Paul Reinhold Jobs (1922-1993) va Klara Jobs (1924-1986) o’zlariga qabul qilishadi. Stivdan “boqib olgan oilasi” hususida so’ralganda, u to’lqinlanib “ular mening haqiqiy ota-onamdir” deb aytgan. Uning biologik ota-onalari 1955 yilda turmush qurishib, ikkinchi farzand -Mona Simpsonni dunyoga keltirishadi.

Jobslar oilasi Stiv 5 yoshligida San Fransiskodan Mountin Vyuga ko’chib o’tishadi. Keyinchalik yana bir farzand, Patti ismli qizni ham boqib olishadi. Stivning yangi otasi Paul lazerlar bilan shug’ullanuvchi kompaniyada mexanik bo’lib ishlaydi, o’z navbatida o’g’liga eng sodda elektronikalar tushunchasini o’rgatadi. Orqa garajlarida turli radio va televizorlarni qayta terish bilan vaqt o’tkazishardi. Natijada, Stiv texnikani chuqulashni o’z hobbisi qilib oladi. Klara esa uni maktabga borgunicha o’qish yozishni o’rgatadi.

Jobs o’zining maktabda ta’lim olishini o’ta rasmiy deb baholaydi. Aytishlaricha, boshlang’ich maktabda u shunchalik mug’ombir o’quvchi bo’lgan ekanki, 4chi sinfligida o’qituvchisi uni yaxshiroq o’qishi uchun “pora” berishga ham majbur bo’lgan ekan. Biroq Jobs imtihonlardan shunchalik yaxshi o’tardiki, maktab ma’muriyati uni sinfdan sinfga “sakratish” taklifi bilan chiqadi – Jobsning ota-onasi esa rozi bo’lishmaydi. Stiv vaqt o’tib Kupertino O’rta Maktabiga va Kaliforniyadagi Houmsted Yuqori Maktabiga qatnaydi. Keyingi yillar u Bil Fernandez va kompyuter shinavandasi Stiv Vozniak bilan uchrashadi.

1972 yilda maktabni bitirar ekan, Jobs Portlenddegi Rid Kolejiga topshiradi. Bu kolej harajatlarini Paul va Klara zo’rg’a qoplashadi. Olti oy o’tib Jobs o’qishdan yiqiladi va keyingi bir yarim yil kaligrafiya kabi ijodiy fanlarga kirib yuradi. U Rid Kolejiga topshirishda davom etadi, shu vaqtni o’zida do’stining yotoqxonasi polida kun ko’radi, Kola idishlarini terib pul topadi, qornini esa Hare Krishna cherkovida to’yg’azadi.

1976 yilda, Vozniak Apple I kompyuterini ixtiro qiladi. Jobs, Vozniak va elektronika sanoati ishchisi Ronald Veyn birgalikda Jobsning garajida Apple kompyuterlari savdolariga asos solishadi. Ularga moliyaviy ko’makni o’sha paytlarda nafaqaxo’r Intelning maxsulot marketingi menejeri va injineri Mayk Markula beradi.

Apple orqali, Jobs personal kompyuter revolutsiyasining serjilo pioneri va kompyuter-iste’mol elektronikalaridagi ta’sirli karyerasi uchun mashxur bo’lib ketadi. Jobs Pixar Animation Studiosni ta’sischilaridan biridir, 2006 yilda Pixarni Disney sotib olganda esa The Walt Disney Company direktorlar kengashidan o’rin oladi.

Jobs 2011 yil, 5-Oktyabrda Kaliforniyada avvalroq davolangan pankreatik rak kasalligining yomonlashuvi sabab olamdan o’tdi.

Manba: myenglishpages.com

(659 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: