Dasturlash_kodni_o'rganish

Qaysi kodni o’rganishingiz kerak?

Bugungi kunda, komputerlar bizning ishimiz va shaxsiy hayotimizning ajralmas qismi. Tehnologiya rivojlangan sari, komputerlar bizning hayotimizga yanada ko’proq kirib bormoqda, shuning uchun biz ularni va ularning qanday ishlashini yashiroq tushunsak, ulardan shunchalik yaxshiroq foydalana olamiz.

Agar siz dasturchi sifatida yuqori daromadli kariyerani boshlamoqchi bo’lsangiz, kod yozishni o’rganish nafaqat zarur, balki u nihoyatda foydali ko’nikmaki, sizga ko’p talab qilinayotgan ish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Ish beruvchilar dasturiy ta’minot bo’yicha malakaga, tehnik bilimga, hamda axborotni olish va qayta ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lgan odamlarni izlashmoqda.  Dasturlash tilini ravon bilish esa, ish beruvchilarga sizning ana shu ko’nikmalaringiz borligini isbotlaydi.

Dasturlashni o’rganish, xoh dasturiy ta’minot, xoh ilova ishlab chiqish yoki veb-sahifa yaratish bo’lsin hardoim ham tayyor mahsulot yaratish haqida emas. Dasturlashni tushunish hisoblashga oid fikrlash, mantiq va muammoni hal qilish kabi har qanday joyda qo’llash mumkin bo’lgan ko’nikmalarni o’rgatadi.

Bugungi kunda internetdagi tekin resurslar bilan dasturlashni o’rganishingiz qiyin emas, ammo agar siz qaysi dasturlash tilini o’rganishni bilmasangiz boshlab olish imkonsiz. Hamda tanlash oson emas: minglab dasturlash tillari mavjud, yana o’ndan ziyodi har yili yaratilmoqda. Hatto, siz tanlovlaringizni faqat eng mashhurlarigagina toraytirsangizda, shunda ham ulardan birini tanlashga ko’p.

Siz hali dashturchi bo’lmasangiz, qaysi til eng yaxshiligini bilish qiyin bo’lishi mumkin, biroq siz o’zingiz uchun mosini tanlashda dasturlash tili haqida hamma narsani tushunishingiz shart emas. Har bir tilning ishlatiladigan o’rni bor, shuningdek, ijobiy va salbiy tomonlari ham. Agar sizda dasturlashni o’rganish uchun sabablaringizning aniq tushunchasi bo’lsa, yangi kod yozish ko’nikmangiz bilan nimalarni amalga oshirishni aniq bilsangiz, shunda siz quyidagi variantlarni taqqoslab to’g’ri tanlov qilishingiz mumkin.

Dasturlash_kodni_o'rganish

PHP_UZBJava Script

SQL - UZB

objective_c - UZB

c++ - UZB

java - UZB

python - UZB

ruby - UZB

asp - UZB

ajax- UZB

Manba: www.whoishostingthis.com

(937 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar:

  • assalomu alaykum o’zbek dasturchilari. men golang dasturlash tilida yangi boshlang’ich dars boshladim, golanguz.github.io xoxlaganlar keling birbga Go o’rganamiz. raxmat

  • Askarali Azimov

    C++ da ishlaydiganlar bormi?

    • murod

      bor! faqat prof emas

      • Askarali Azimov

        Biz ham prof emasmiz. 🙂

  • murod

    maqolalar hammasi menga manzur bo’lyapti! erinmasdan boshlovchilar uchun tushunarli maqolalar yozayotganiz uchun rahmat katta !

  • Kholmirzaev

    Hmmm. Yaxshi maqola )) Faqat yana bir narsani aytish kerak menimcha asosiy narsa bu tillarni bilish hech narsani hal qilib bera olmaydi. Kompyuter tilini bilish bu xuddi ingliz tilini bilish yoki rus tilini bilishdek gap. Lekin sizda agar berilgan masala va muammolarni (bir bilan ikkini qo’shib undan hosila olishdi aytayotganim yo’q) hal qila olish qobiliyati umuman oddiy o’zingizni tilingizda ham bir narsani eplay olmasangiz bekorga o’rganib ovora bo’lib pul sarflamang undan ko’ra qo’lingizdan kelgan ishni qiling. To’g’ri yangi texnologiyalar o’rganish kerak lekin shu yangi texnologoya ekan deb bor imkoniyatni eplay olamaydigan narsangizga sarflab umringizni o’tkazishingiz ham ahmoqlik hisoblanadi. Ko’pchilik aytadi harakat qilsang bo’ladi unday bunday, lekin siz bundan boshqasini bundanda a’lo darajada eplay olishingiz ham mumkindir? Shuning uchun bu narsaga yengil qaramang.

    • dasturchi.uz

      Fikringizga qo’shilamiz!