23

LG G WaTCH xarakteristikalari

LG G Watch smart-soatlarining texnik xarakteristikalari hamda mazkur yangi gadjetning qachon sotuvga chiqishi ma’lum bo’ldi.

So’nggi xabarlarga qaraganda, LG G Watch 400 mAч akkumulyatoriga ega. Uni to’la zaryadlash uchun 2 soat vaqt kerak bo’ladi hamda uning zaryadi kutish (ojidaniye) rejimida bor yo’g’i 36 soatga yetadi. Bu degani, LG smart-soatlarini har kuni zaryadga qo’yish kerakligini bildiradi.

LG G Watch – 280×280 piksel o’lchamdagi 1,65-dyuymli TFT-displey, ikki yadroli Qualcomm Snapdragon protsessori va 512 MB operativ hamda 4GB ichki urnatilgan xotiraga ega. Qurilmaning o’lchamlari 46,5 х 37,9 х 10 mm, og’iriligi – 61g.

Solishtirish uchun: Samsung Gear 2 ning o’lchamlari – 58,4 х 36,9 х 10 mm, вес — 68 g.

Ma’lumki, LG G Watch smart-soatlari ikki xil – qora va oq-tillo ranglarda chiqariladi (stealth black va champagne gold).

11 12 13

LG smart-soatlari har doim o’z egasining buyrug’ini kutib turadi. (LG buni Always-on deb nomlagan). Ular Google Now itegratsiyasiga chambarchas bog’liq bo’lgan Android Wear boshqaruvi ostida ishlashini hisobga olganda, buning hech qanday hayratlanarli joyi yo’q.

 

16 17 18 1920 21 22 2319

LG G Watch nam va chang kirishidan himoyalangan (bu smart-soatlar uchun zarur shartga aylanib bo’lgan). Ularning juda kichik o’lchami va display atrofidagi keng ramkasiga qarab buni bilib olish mumkin.

LG G Watch 1-iyuldan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

manba: hi-tech.mail.ru

Olimxon Qodirov.

(390 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: