rp_b83568507f1a4b01a1b68f5ea0f0bdf9.png

DPI bo’yicha dizayner uchun qo’llanma (3-qism)

4k nima?
So’nggi paytlarda 4k atamasini ko’p bora eshitmoqdamiz. Uning nimaligini tushunish uchun keling avval «HD» nima ekanligini bilib olaylik.

HD ning har xil kategoriyalari mavjud. HD atamasi 1280x720px yoki 720p dan boshlanuvchi ixtiyoriy razresheniyega isbatan qo’llaniladi. Ba’zilar bu razresheniyeni SD (standart definition – standart aniqlik) deb ham ataydi.
Full HD atamasi 1920x1080px ekranlar uchun qo’llaniladi. Ko’p televizorlar va yuqori klass telefonlari (Galaxy S IV, HTC One, Sony Xperia Z, Nexus 5) shu razresheniyeni ishlatadi.

4K esa 3840×2160 pikseldan boshlanadi. Uni Quad (to’rtta) HD va UHD (ultra – yuqori HD) deb ham atash mumkin. Sodda qilib aytganda, 4K ekranda siz 4 ta 1080p ni joylashtirishingiz mumkin. Uning piksellardagi razresheniyesi – 4096x 2160px. Bu katta razresheniye proyektorlar va professional kameralar uchun ishlatiladi. 

Agar kompyuterga 4k display ulasam nima bo’ladi?
Zamonaviy operatsion sistemalar 4K ni masshtabga tushirolmaydi, ya’ni, agar siz Chromebook yoki Macbook ga 4k display ulasangiz, u eng katta DPI li resursdan (mazkur holatda 200% yoki @ 2x (ikki barobar katta)) foyalanadi hamda ularni odatiy nisbatda aks ettiradi. Bunda tasvir yaxshi ko’rinadi, ammo kichik.
Faraziy misol: Agar siz 12 dyumli 4K ekranni 12 dyumli yuqori razreshiniye (2x) ga ega ekranli kompyuterga ulasangiz barcha tasvir ikki barobar kichik holda ko’rinadi.

Yodda tuting:

  • 4k — bu 4 karra Full HD;
  • Agar operatsion sistema 4K bilan ishlab turgan bo’lsayu, uni masshtabga sol olmayotgan bo’lsa, bu 4K da ma’lum grafik resurslar yo’qligini bildiradi;
  • Bugungi kunda 4K Sony Xperia Z5 Premium telefonida mavjud.

Monitor gertsi (chastotasi)

Bu bo’limda PPI va ekran razresheniyesidan ozginda dam olamiz. Ehtimol  siz ekran razresheniyesini sozlab (nastroyka) turgan vaqtingizda monitor gertsi degan qiymatga ko’zingiz tushgandir. Uning PPI bilan hech qanday umumiy bog’liqlik joyi yo’q. Ammo shundoq bo’lsa ham, siz uchun qiziq bo’lishi mumkin. Monitor gertsi – yoki yangilanish chastotasi – bu tezlik birligi bo’lib, 1 sekund vaqt davomida sizning monitoringiz  aks ettiradigan tasvir yoki kadrlar soniga teng. 60Gs monitor  1 sekundda 60 ta kadrni aks ettiradi. 120 Gs monitor esa 120 ta kadrni va hokazo.

Foydalanuvchi interfeysda tanlagan gerts qiymati sizning animatsiyangiz qay darajada silliq va aniq ko’rinishini belgilaydi. Ko’p ekranlar 60 Gs da ishlaydi. E’tibor bering, bir sekundda aks etadigan kadrlar soni qurilmaning hisoblash va grafik quvvatiga ham bog’liq. 120 Gs ekranni Atari 2600 ga ulash mutlaqo foydasiz.
Yaxshiroq tushunish uchun quyidagi misolga nazar soling. T-Rex A nuqtadan B nuqtaga bir xil tezlikda va bir xil qadamda chastotasi 60 Gs va 120 Gs bo’lgan ekranlarda yuryapti. Sekundiga 60 ta kadrni asks etirradigan ekran animatsiya davomida 9 ta kadrni tasvirlamoqda. Xuddi shuncha vaqt oralig’ida sekundiga 120 ta kadr aks ettiradigan ekran ikki barobar ko’p kadrni tasvirlamoqda. Animatsiya 120 Gs li ekranda silliqroq chiqadi.

Yodda tuting: Ba’zi odamlar inson ko’zi bir sekundda 60 ta kadrdan ko’pini anglay olmaydi deyishlari mumkin. Bu noto’g’ri. Ularga quloq solmang. Istehzoli kulib qo’ya qoling.

Keyingi darsimiz retina displaylar haqida boshlanadi.

Avvalgi dars (2-qism)

Manba: habrahabr.ru

 

(196 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: