38

Androidda Ubuntu Touchga o’xshash ikonkalarni qanday o’rnatsa bo’ladi?

Ubuntu muhlisimisiz? Yoki Ubuntu Phone chiqishini orziqib kutyapsizmi? Meizu yaqin oylarda Ubuntu Phone‘ni chiqarar ekan, Ubuntu ishqibozlari keng miqyosdagi savdolarni biroz kutishlariga to’g’ri keladi. Albatta Ubuntu Touchning Nexus divayslari uchun mo’ljallangan versiyasini o’rnatib olsangiz ham bo’ladi, biroq hozirda ushbu dasturga barqarorlik yetishmasligidan ko’proq developerlar uchun mos keladi.

 

Ubuntu Phone’lar global bozorlarga kirishini kutish bilan birgalikda, o’z Android divaysingiz uchun Ubuntu Touch ikonkalaridan bahramand bo’lishingiz mumkin. Ommabop Ubuntu tugmalari temasining ishlab chiqaruvchilari Moka kompaniyasi Android apparatlari uchun maxsus Ubuntu Touch’dan ilhomlangan tugmachalar temasini tuzishdi.

 

Endigina chiqarilgan ushbu temada turli dasturlar uchun 500 tugmalar mavjud bo’lib, boshlanishiga yomon emas. Dasturlar uchun yangi tugmachalar app o’zidan yoki Moka loyihasining veb sahifasidan ham buyurtma qilinishi mumkin.

 

Android Launcherda Suru tugmachalari ishlamaydi, bu Suruning muammosi bo’lmasdan balki Android Launcher tugmachalar temasini qo’llab-quvvatlamaydi. Buning chorasi sifatida, ushbu ikonkalarni Nova, Smart Launcher, ADW kabi boshqa launcher – yurituvchilarda ishlatsangiz bo’ladi.

 

Agar Suru ikonkalarini Ubuntu live walpaperlari bilan birga qo’llansa, xuddi Ubuntu Touchdagi hislatlar yuzaga keladi. Suruni yuklab olish tekin ekanligini aytdikmi?

 

GooglePlay_Badge

 

Manba: itsfoss.com

 

(467 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: