iphone&android

iPhone yoki Android? Taqqoslab chiqamiz!

Ko’pchilik odamlarning vaqt va nigohini o’ziga qarata olgan matoh – gadjetlar, aniqrog’i ularning operatsion tizimlarini taqqoslab chiqishni lozim topdik. Qanday divays ishlatish-ishlatmasligingizdan qat’iy nazar, iOS va Android muxlislarining ushbu ashaddiy mavzusini tadqiq qilish – o’ylaymizki nafaqat yosh dasturchilar balki shunchaki oddiy o’quvchini ham befarq qoldirmaydi. Eslatib o’tamiz, biz o’quvchini biron bir mahsulot olishga undamoqchi emasmiz, balki ushbu mavzu doirasida qiziqqanlarni savodini oshirishga ko’maklashmoqchimiz. Qani boshladik unda:

iPhone

iPhone’ning Android telefonlaridan eng katta ustunligi uning ulkan app ekotizimidir. Divayslar ichida birinchi haqiqiy App Store egasi iPhone bo’lib, natijada developerlar birinchi aynan unga moslab dastur tuzishadi. Misol uchun Instagram iPhone’da anchadan beri mavjud bo’lib kelgan bo’lsa, Facebook o’z dasturini Androidda yangilash(upgrade)dan avval iPhone’da qayta dizayn yaratdi. Apple’ning rasmiy bayonotida, so’nggi bor App Store’da ilovalar soni 700,000dan oshgan.

Bu ham yetmagandek iPhone Twitter va Facebook bilan chuqur integrasiya (birlashuv)ga ega, oqibatda platformaning o’zidan turib status yangiliklari kiritish mumkin. Appni chuqur kastomizatsiya(moslashtirish) qilish shart emas.

Bundan tashqari Apple o’ziga xos iPhone’ga ixtisoslashgan dasturlar, masalan Passbook kabilarga ega. Hozirda cheklangan hizmatga qaramay ushbu dastur xar hil qo’shimcha bilet, savdo chegirmalari (gift certificate)ni tartiblash imkonini beradi.

Eng muhimi esa, foydalanuvchi tajribasi (user experience) qulflangan. Bu degani – telefoningizning ichki ishlash va ko’rinishini ko’nglingiz tusagancha o’zgartirolmaysiz degani, masalan klaviatura. Lekin texnologiyaga uncha “mukkasidan ketmaganlar”ga yoki kastomizasiya shaydosi bo’lmaganlarga bu ayni muddao bo’lishi ham mumkin.

Android

Android smartfonlari bo’ylab bozorlik qilar ekansiz, e’tibor beradigan birinchi narsangiz tanlov cheksizligi! Bunchalar ko’p smartfon ishlab chiqaruvchilarning borligini o’ziyoq qo’rquv uyg’otishi mumkin, kamiga deyarli hammasi o’ziga xos yaxshi maxsulotini taqdim qilsa. Ko’pchiligimizga sir emaski nisbatan quyi narxlar ham aynan Androidniki!

Ikkinchidan, Android telefonlarning o’zgartirish(kastomizasiya)ga sezilarli darajada ochiqligi. Misol uchun Google Play ilova do’konidagi eng ommabop dasturlardan SwiftKey bo’lib, u Android smartfoni klaviaturasini o’zgartirib, Google va Facebook akkauntlaringiz bilan hamohang holda keyingi yozadigan so’zingizni tahmin qiladi. Android ekotizimini “chuqulash”ning imkoniyatlari deyarli cheksizdir.

Ba’zi Apple App Store’da yo’q ilovalarning Play Marketda mavjudligi platformaning keyingi ustunligi hisoblanadi. Masalan tizimning asl xususiyatlarini inkor etuvchi – SwiftKey yoki eski o’yinlarning pultini eslatuvchi dasturlar kabi ba’zi ilovalar Apple tasdig’idan o’tmagan.

Google’ning app do’koni Apple’ga hajm bo’yicha yetib olgan. Oktabr oyi ichida, Google ham 700,000 dan ko’p ilovaga ega ekanligini e’lon qildi.

Qaysi telefonni tanlashingizga qarab foydalanuvchi tajribasi farq qilishi mumkin. Bunga sabab ishlab chiqaruvchilarning tizim ichidagi ixtisoslashgan mavzuni qo’llashidir. Misol uchun Nexus 4 ‘tozalangan’ Android va Google tomonidan boshqariladi, Samsung Galaxy S III bo’lsa o’zining “Samsunglashgan ifori”ga ega.

‘Qolgan ishtirokchilarimiz’

Qolgan ikkita ulkan platformalar – Windows Phone va BlackBerry – o’z alohida afzalliklariga ega bo’lsada, Android va iPhonedagi ilovalar ko’lamiga yetib olishlari vaqt talab qiladi.

Xulosa: iOS va Android ijobiy/salbiy jihatlari

iOS

  • Ulkan miqdordagi dasturlar: planshetlar uchun alohida afzalligi, chunki smartfonlardagi ommabop dasturlar ko’pincha ikkala platformada ham mavjud bo’ladi

  • Facebook hamda Twitter bilan chuqurroq birlashuv: yangiliklarni kiritish va ijtimoiy sahifalarda bo’lishish iOSda Androiddan ko’ra osonroq

  • Faqatgina iOS’da uchrovchi dasturlar masalan Passbook, FaceTime, Square kabi mobil to’lovlar dasturi (iOS 3GS, 4, 4S, 5 va yuqori versiyalarda mavjud, Androidlarda esa chegaralangan miqdordagi telefonlarda)

  • Interfeys qulflangan: Uy ekrani uchun chegaralangan moslashtirish variantlari; dasturlarni faqatgina qatorlashgan ko’rinishi. Faqatgina App Storedan dastur yuklay olish imkoniyati

  • Dastur yangilanishi: Apple barcha “jismonan ko’tara oladigan” divayslari uchun yangilangan ilova versiyasini chiqaradi (software upgrades). Bu degani divays 2 yo 3 yilcha joriy ‘soft’da ishlay oladi.

  • Nisbatan yaxshiroq shaxsiyat muxofazasi: iOS foydalanuvchining kontakt va joylashuvini talab etuvchi dasturlar ustida yaxshiroq nazorat o’rnatgan

Android

  • Ulkan miqdordagi divayslar: Ko’plab Android gadjetlarini istalgan afzalliklar, ekran kattaligi, xususiyatlari va narxlarda bilan topish mumkin

  • Yuqori moslashuvchan UX: Uy ekrani nafaqat dastur tugmasi bilan balki foydalanuvchini doimo ogohlantirib va habardor etib turuvchi – turli vidjetlar bilan ham boshqariladi. Yana misol qilib SwiftKey’ni olamiz, u Android smartingiz klaviaturasini o’zgartirib beradi. Google o’z do’konida joylashtirish uchun dasturlar ustidan Apple’ga qaraganda yengilroq talablar qo’ygan. Undan tashqari, istasangiz Google Playdan boshqa joydan ilova o’rnating.

Diffen.com

(1,029 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: