android_firewall_title

Android uchun ROOTsiz Firewall


android_firewall_title

Telefoningizning interneti sizga qimmat tushyaptimi? Xabaringiz bo’lsa kerak, hozirgi kunda deyarli hamma tizimlar va ularning dasturlari sizning ruxsatingizsiz, sizga “bildirmagan” holda o’z ishlab chiqaruvchilari bilan ma’lumot almashadi: dasturning yangi turlari haqida bilish, yangiliklardan xabardor bo’lish, sizning qiziqishlaringiz haqida ma’lumot yuborish va boshqa maqsadlarda aksar dasturlar sizning internet trafigingizdan “beruxsat” foydalanishadi. Aloqa kompaniyalarining trafikni keyingi bo’linmaga yetkazib hisoblashi (“округление”) natijasida telefoningiz internetga ulanishi bilan sizning hisobingizdan bir necha kb uchun deyarli mb miqdorida pul yechib olinadi. Buning oldini olish uchun Firewall o’rnating – istagan dasturingiz uchun internetni cheklab qo’yishinigiz mumkin. Misol uchun, Media, WatchON, PushService, ConfigUpdater, Flipboard, AndoidOs va boshqa siz o’rnatgan dasturlar internet trafikni “havo”ga sarflashadi. Avvalari FireWall dasturlari faqat ROOT qilinganidan telefonlardagina ishlar edi. Hozir sizga ROOTsiz ham ishlaydigan ikkita tekin dasturni taklif qilmoqchimiz:

1. LostNet Firewall Free

lostnet

2. NoRoot Firewall

noroot

Yuqoridagi dasturlarni telefoningizga yuklab olib, internetingizni faqat o’zingiz istagan narsa uchun sarflab, pulingizni tejashiningiz mumkin.

Bekzod Ahmadali tayyorladi.

(1,228 marta o'qilgan, bugun 1 marta o'qildi)

O'xshash maqolalar: